
Isroilning Eronga hujumidan so‘ng neft narxlari 10 foizga oshib ketdi
13.06.2025 | 12:2023873
Yaqin Sharqda yuzaga kelgan navbatdagi harbiy qarama-qarshilik fonida jahon neft bozorida keskin o‘zgarish kuzatildi. Isroil Eronni urib tushirganini ma’lum qilganidan so‘ng Brent va Nymex neft narxlari 10 foizdan ortiq oshdi.
Mazkur hodisa Yaqin Sharqdagi neft yetkazib berish zanjirlariga jiddiy xavf solayotgani tufayli treyderlar orasida xavotirni kuchaytirdi. Bu esa aholi uchun yoqilg‘i, oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlari narxlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
BBC bilan suhbatda tahlilchi Vandana Hari vaziyatni «portlovchi, biroq qisqa muddatda bartaraf etilishi mumkin» deb baholadi. Uning ta’kidlashicha, agar mojaro kuchaysa, Eron nafaqat hujumlar uyushtirishi, balki Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan neft yuklarini ham to‘sishi mumkin.
Hormuz bo‘g‘ozi — dunyodagi eng muhim neft tashish yo‘llaridan biri hisoblanadi. U orqali jahon neftining taxminan beshdan bir qismi tashiladi. Bu yo‘l Eron shimoli va Ummon hamda BAA janubi bilan chegaradosh hisoblanadi.
MST Financial tahlilchisi Saul Kavonik hozircha bozorda «boshlang‘ich xavf reaksiyasi» kuzatilayotganini, biroq keyingi bir-ikki kun ichida vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Neft narxlarining keskin o‘sishi xalqaro bozorda noaniqlikni kuchaytirar ekan, tahlilchilar vaziyat taraqqiyotini diqqat bilan kuzatmoqda.





