add

Ko‘chmas mulkni bo‘lib to‘lashga sotib olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

08.07.2025 | 14:4026562

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi davlat mulkini xususiylashtirish sohasini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ma’qullab, Senatga yubordi. Qonun loyihasi tadbirkorlikni rag‘batlantirish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan.

Ko‘chmas mulkni bo‘lib to‘lashga sotib olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
8 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Hujjat yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari soddalashtirilayotgani, ortiqcha to‘siqlar bartaraf etilayotgani va tadbirkorlarga berilayotgan yengilliklarni ijobiy baholadilar. Mazkur qonun loyihasiga muvofiq, davlat ishtirokidagi korxonalarning samarasiz va nosobiq aktivlarini xususiy sektorga berish jarayoni jadallashadi. Shuningdek, davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan tadbirkorlarga mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha yengilliklar taqdim etiladi. Qonun loyihasi qabul qilinsa, amaldagi normativ-huquqiy baza yanada takomillashadi. Bu o‘z navbatida, xususiy mulkchilikni kengaytirish, soliq yukini kamaytirish xizmat qiladi. Deputatlar qonun loyihasini uchinchi o‘qishda ma’qullab, tasdiqlash uchun Senatga yuborishdi.

Teglar

Mavzuga oid