add

Koreya 2045 yilgacha Oyda iqtisodiy baza qurishni rejalashtirmoqda

21.07.2025 | 17:4519102

Koreya hukumati yangi kosmik tadqiqotlar yo‘l xaritasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat 2045 yilgacha Oyda mustaqil iqtisodiy baza qurishni maqsad qilgan. Bu haqda Koreya aerokosmik boshqarmasi (KASA) ma’lum qildi.

Koreya 2045 yilgacha Oyda iqtisodiy baza qurishni rejalashtirmoqda
Dastur jamoatchilik eshituvlari chog‘ida Dechjon shahridagi Milliy tadqiqot jamg‘armasida taqdim etildi. Unga ko‘ra, Koreya o‘z faoliyatini Yer orbitasi, Oy, geliosfera va chuqur kosmos kabi 4 asosiy yo‘nalishda olib boradi. Loyihaning beshta asosiy vazifasi belgilangan: past orbitadagi ekspeditsiyalar, mikrogravitatsiya tadqiqotlari, Oy tadqiqoti, Quyosh va fazo fanlari missiyalari. Oy sohasida Koreya mustaqil qo‘nish va harakatlanish texnologiyalarini yaratish, Oy resurslaridan foydalanish va iqtisodiy faoliyat uchun infratuzilma qurishni rejalashtirmoqda. 2040 yilgacha logistika uchun yangi avloddagi Oy qo‘ng‘ichi yaratilishi, 2045 yilgacha esa iqtisodiy baza qurilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, quyosh va geliosferani tadqiq qilish maqsadida quyosh faoliyatini kuzatuvchi zondlar yaratiladi. KASA 2035 yilgacha Yer va Quyosh o‘rtasidagi Lagranj nuqtasi L4 ga quyosh kuzatuvchi sun’iy yo‘ldosh joylashtirishni ham rejalashtirgan.

Teglar

Mavzuga oid