add

Niksondan keyin yarim asr: Oltinning haqiqiy bahosi, rekord narxlar, global zaxiralar va bozor trendlari

Kecha 17:553 daqiqa

Richard Nikson 1971 yilda dollarni oltindan uzib, dunyo moliya tizimini tubdan o‘zgartirib yuborgan edi. Oradan yarim asr o‘tib, odamlar yana «xavfsiz bandorgoh» — oltinga qaytmoqda.

Niksondan keyin yarim asr: Oltinning haqiqiy bahosi, rekord narxlar, global zaxiralar va bozor trendlari

So‘nggi haftalarda oltinga bo‘lgan qiziqish misli ko‘rilmagan darajada ortdi. Xususan, 2026 yilning 29-yanvar kuni bir unsiya oltinning narxi tarixiy rekord — 5 600 dollarga yetdi, 1-fevral kuniga kelib esa 5 000 dollardan bir oz pastroq ko‘rsatkichda barqarorlashdi.

1

Iqtisodiy sharoitlar o‘zgarib, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir paytda, odamlar borgan sari oltinni xavfsiz va ishonchli sarmoya sifatida tanlamoqda.

Oltin qiymati qanday o‘lchanadi?

Oltinning qiymatini aniqlash uchun uning troya unsiyasidagi vaznini hamda karatlarda ifodalanadigan soflik darajasini bilish lozim.

Vazn (troya unsiyasida)

Oltin, kumush, platina va boshqa qimmatbaho metallarning vazni odatda troya unsiyasida (oz t) o‘lchanadi. Bir troya unsiyasi 31,1035 grammga teng. Bir troya unsiyasi 5 000 dollar bo‘lgan holatda, 1 gramm oltinning narxi taxminan 160 dollarni tashkil qiladi. Standart 400 troya unsiyali (12,44 kg) oltin quyma esa 2 million dollarga tushadi.

Soflik darajasi (karatlarda)

Karat oltin buyumning soflik darajasini belgilaydi. Mutlaq sof oltin 24 karatga teng. 22, 18 yoki 9 kabi pastroq karatlar oltinning kumush, mis yoki rux kabi arzonroq metallar bilan qorishmasini anglatadi.

Oltinning sofligini aniqlash uchun zargarlardan buyumga maxsus raqamli belgi (proba) urish talab etiladi. Masalan, 24K yoki 999 raqami buyumning 99,9 foiz sof oltindan iboratligini bildiradi. 18 karatli oltinda odatda 750 belgisi bo‘ladi, bu uning tarkibi 75 foiz sof oltindan iboratligini ko‘rsatadi.

Oltinning keng tarqalgan soflik darajalari:

·         24 karat — 99,9 foiz soflik: To‘q sariq rangga ega, juda yumshoq, hech qachon qoraymaydi. Asosan investitsion tangalar yoki quymalar uchun ishlatiladi.

·         22 karat — 91,6 foiz soflik: Yorqin sariq rang, o‘rtacha chidamlilikka ega, qorayishga chidamli. Ko‘pincha qimmatbaho zargarlik buyumlari uchun qo‘llaniladi.

·         18 karat — 75 foiz soflik: Tabiiy sariq rang, yuqori chidamlilikka ega, vaqt o‘tishi bilan bir oz qorayishi mumkin. Asosan nafis zargarlik buyumlarida ishlatiladi.

·         9 karat — 37,5 foiz soflik: Och sariq rang, eng yuqori chidamlilikka ega, vaqt o‘tishi bilan yaltiroqligini yo‘qotadi. Odatda hamyonbop zargarlik buyumlari uchun mo‘ljallangan.

Dunyoning turli bozorlarida 14 karatli (58,3 foiz soflik) va 10 karatli (41,7 foiz soflik) boshqa turlarni ham uchratish mumkin.

Zargarlik buyumlarini sotib olayotganda, narx odatda oltinning o‘sha kundagi birja narxi (spot price), buyumga ishlov berish xarajatlari va soliqlarga bog‘liq bo‘ladi. Agar siz buyumning grammdagi aniq vazni va oltinning karatdagi sofligini bilsangiz, asosiy narx ustiga qo‘shilgan zargarlik mehnati haqini hisoblab chiqishingiz mumkin. Odatda oltinning birja narxi bo‘yicha savdolashib bo‘lmaydi, biroq zargarning ish haqi ustida tortishish mumkin.

Oltin narxi so‘nggi 10 yil ichida to‘rt baravarga oshdi

Oltin ming yillar davomida qadrlanib keladi va pul birligidan tortib zargarlik buyumlarigacha bo‘lgan turli vazifalarni o‘tab kelmoqda. Ushbu qimmatbaho metal, ayniqsa, iqtisodiy noaniqliklar yoki bozordagi tebranishlar davrida eng ishonchli aktiv hisoblanadi.

1971 yilga qadar AQSH dollari jismoniy jihatdan oltinning aniq bir vazni bilan belgilangan. Klassik oltin standarti amal qilgan davrda, ya’ni 1834 yildan 1933 yilgacha bo‘lgan deyarli bir asr mobaynida, istalgan kishi bankda 20 dollarni bir unsiya oltinga almashtirishi mumkin edi.

1933 yilda, Buyuk depressiya avjiga chiqqan bir paytda, iqtisodiyotni rag‘batlantirish maqsadida oltin narxi bir unsiya uchun 35 dollargacha ko‘tarildi. 1971 yilda esa AQSH prezidenti Richard Nikson davrida oltin dollardan uzildi va uning narxi bozor talab va taklifi asosida shakllana boshladi. So‘nggi 10 yil ichida oltin narxi 2016 yildagi 1 250 dollardan bugungi kunda qariyb 5 000 dollargacha, ya’ni to‘rt baravarga ko‘tarildi.

2

Qaysi davlatlar eng ko‘p oltin zaxirasiga ega?

AQSH 8 133 tonna oltin zaxirasi bilan dunyoda mutlaq yetakchi hisoblanadi — bu ko‘rsatkich deyarli o‘zidan keyingi uchta davlatning jami zaxirasiga tengdir. Reytingda ikkinchi o‘rinni Germaniya (3 350 tonna), uchinchi o‘rinni esa Italiya (2 451 tonna) egallab turibdi.

Quyidagi grafikda oltin zaxiralari hajmi bo‘yicha dunyodagi yetakchi 10 ta davlat ko‘rsatilgan:

4

 

Teglar

Mavzuga oid