O‘zbekiston aholisi asosan nimalarga xarajat qilyapti?
22.08.2025 | 15:0045328
Markaziy bank sharhiga ko‘ra, o‘zbekistonliklar avtomobil sotib olish va to‘y bilan bog‘liq xarajatlarga boshqa narsalarga nisbatan ko‘proq pul sarflamoqda.

Markaziy bank 2025 yilning ikkinchi chorak yakunlari bo‘ycha «Iste’mol kayfiyati sharhi»ni e’lon qildi. Unga ko‘ra, aholining iste’mol kayfiyatini belgilaydigan barcha subindekslar, xususan daromad, xarajat, kredit va pul jamg‘arish ko‘rsatkichlari o‘tgan oyga nisbatan yomonlashgan.
2025 yil I choragida kredit subindeksi 67,3 band bo‘lib, o‘tgan chorakka qaraganda oshdi, lekin o‘tgan yilga nisbatan 1,9 bandga pasaydi. Kelgusi 12 oyda kredit qarzdorligini oshirishni maqsad qilgan respondentlar qariyb 59 foizga yetdi. Kelgusida kredit olishni rejalashtirayotganlar kam. Ma’lumot o‘rnida, o‘rta daromadlilar (7 mln so‘mgacha) segmenti kamaygan.
Asosiy kredit maqsadlari uy-joy ta’miri, ta’lim, sog‘liqni saqlash va avtomobil xaridi bo‘lib qolmoqda.
Jamg‘arma kayfiyati indeksi 1,1 bandga yomonlashib, 68,3 bandni tashkil qilgan. Jamg‘armasi yo‘qlar ulushi 40 foiz atrofida qolmoqda. 1 oygacha, 3–6 oyga va 6 oydan ortiq jamgarmaga ega bo‘lganlar ulushi kamaygan. Shuningdek, jamg‘armasi yo‘qligini bildirganlar ulushi so‘nggi chorakda kichik darajada ortib borayotgani kuzatildi.
«Pandemiya davrida jamg‘armasi yo‘q toifalarning og‘ir ahvolga tushib qolganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Xuddi shunday holatlar moliyaviy krizislar paytida ham ro‘y beradi. Afsuski, jamg‘arishga moyillik o‘tgan 5 yilda zarracha o‘zgargani yo‘q», deb yozmoqda iqtisodchi Otabek Bakirov.
Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy ommaboplik darajasini baholash bo‘yicha hisobotida ham shunday ko‘rsatkichlar keltirilgandi.
Xarajatlar subindeksi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu, asosan, qishloq xo‘jaligi va qurilishdagi mavsumiy faollik, shuningdek, ta’lim, to‘y, bayram va turizmga sarflar ko‘paygani bilan izohlanadi.
So‘rovda qatnashganlarning 77 foizi (o‘tgan chorakda 78 foiz) kelgusi 12 oyda xarajatlari oshishini kutmoqda. Demak, xarajatlar bo‘yicha umumiy kutilmalarda katta o‘zgarish yo‘q. Xarajatlari o‘zgarmaydi, deganlar ulushi 14,7 foizga yetgan, qisqaradi, deganlar esa 8 foizgacha kamaygan.
Daromadi past va o‘rta (3 mln so‘mgacha, 10–15 mln va 15–20 mln so‘m) qatlamlar kelgusi chorakda xarajatlarini kamaytirishni kutmoqda. Aksincha, daromadi yuqori (20 mln so‘mdan ortiq) respondentlar ko‘proq xarajat qilish niyatida.
Yirik xaridlar bo‘yicha rejalarda esa, asosan, uy-joy ta’miri, ta’lim va sog‘liqni saqlashga sarflar ustunlik qilmoqda. Shuningdek, avtomobil xaridi, to‘y va sayyohatga sarflar ham yuqori kutilmoqda. Bu esa kelgusida ushbu tovar va xizmatlarga talab yuqori saqlanishini ko‘rsatadi.
Aholi daromadi so‘nggi choraklarda deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Bu davrda mavsumiy ishlar ko‘pligi aholi bandligi va vaqtinchalik daromad oshishiga sabab bo‘ldi. So‘rovnomaga ko‘ra, 65 foizdan yuqori aholi kelasi yilda daromadi oshishini kutmoqda. Qariyb 12 foiz respondentlar esa daromadi kamayganini aytgan.
Kelgusidagi daromadlar bo‘yicha kutilmalar sohalar kesimida turlicha shakllanmoqda. Ayniqsa, kafe-restoran, tashish xizmati, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, davlat boshqaruvi, turizm va fan- ta’lim sohalarida faoliyat yurituvchi respondentlarning 70 foizdan ortig‘i kelgusida daromadlari o‘sishini kutmoqda.
«Iste’molchi tanlovi va xulq-atvorini inson sifatini oshiradigan, kelgusidagi daromadlarini ko‘paytiradigan xarajatlarga (ta’lim va davolanish, uy-joy) burush, ayni paytda to‘y marosimlari kabi samarasiz xarajatlardan voz kechishga ongli ravishda yetib borishga undash kabi murakkab, lekin zaruriy harakatlarni to‘xtatmaslik kerak», deb Bakirov blogida yozdi.
O‘zbekstonliklarning kredit va jamg‘arma kayfiyati pasaygan bo‘lsa-da, xarajatlar yuqori darajada qolmoqda. Asosiy sarflar uy-joy ta’miri, ta’lim, sog‘liq va avtomobil xaridiga yo‘naltirilmoqda. Iqtisodchilar ta’kidlashicha, samarali iste’molni kuchaytirish, samarasiz — to‘y kabi xarajatlarni kamaytirish zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘rta yosh vakillari uy-joy ta’mirlashga, 50 yoshdan yuqorilar esa davolanish kabi xarajatlarga ko‘proq pul sarflashini xabar bergan edik.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.
Kredit

Pul jamg‘arish

Xarajatlar

Daromadlar