add

O‘zbekiston eksportchilariga Yaqin Sharqdagi muammolari sababli yordam tizimi joriy etildi

24.06.2025 | 19:1529403

Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat tufayli yuzaga kelayotgan eksport va tranzit muammolarini bartaraf etish maqsadida koll-markaz va Telegram-bot ish boshladi

O‘zbekiston eksportchilariga Yaqin Sharqdagi muammolari sababli yordam tizimi joriy etildi
O‘zbekistonda eksportchilar uchun favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi. Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat tufayli yuzaga kelayotgan eksport va tranzit muammolarini bartaraf etish maqsadida Telegram messenjerida maxsus bot ish boshladi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu mexanizm orqali eksportchilar logistika, bojxona, to‘lov va tashkiliy to‘siqlar bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarini tezkor tarzda yetkazishlari va yechim topishlari mumkin bo‘ladi. Aniqlangan muammolarni yig‘ish va tahlil qilish maqsadida Telegram messenjerida maxsus bot – [@miit\_tashqisavdo\_bot] faoliyat boshladi. Bot orqali eksportchilar Yaqin Sharq mamlakatlariga yuborilayotgan yuklar bilan bog‘liq barcha to‘siqlar haqida xabar qoldirishlari mumkin. Shuningdek, muammolarga yanada tezkor munosabat bildirish uchun Respublika eksport shtabi huzurida koll-markaz ham tashkil etildi. U orqali eksport, energetika, gaz, QQS, moliyaviy aylanmalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, 15–30 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, davlat xizmatlariga oid masalalarni yengillashtirish uchun Adliya vazirligi tomonidan «Odil» nomli sun’iy intellekt asosidagi chat-bot ishga tushirildi. Ushbu bot orqali fuqarolar davlat xizmatlaridan qanday foydalanish, qanday hujjatlar talab etilishi va qayerga murojaat qilish bo‘yicha ma’lumot olishlari mumkin. Umuman, eksport jarayonida to‘siqlarga uchrayotgan tadbirkorlar uchun yangi tizimlar axborot almashinuvini osonlashtirib, muammolarga amaliy yechim topish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston eksportchilariga Yaqin Sharqdagi muammolari sababli yordam tizimi joriy etildi | Vaqt.uz