add

O‘zbekiston Vena konvensiyasiga qo‘shildi: endi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon to‘lanadi

26.09.2025 | 23:0011659

Kecha, 25 sentyabr kuni Jamshid Xodjayev Jizzaxda quvvati 2 GVt bo‘lgan ikki katta atom elektr stansiyasi va 110 MVt quvvatli ikki kichik atom elektr stansiyasi qurish loyihasi amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston Vena konvensiyasiga qo‘shildi: endi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon to‘lanadi
O‘zbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga qo‘shildi. Tegishli qonun (O‘RQ–1086-son) prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 26 sentyabr kuni imzolandi. 1963 yil 21 mayda qabul qilingan Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini atom energiyasi xalqaro agentligi homiyligida ishlab chiqilgan asosiy xalqaro-huquqiy hujjat hisoblanadi. Xalqaro konvensiyaga qo‘shilish natijasida fuqarolik yadro ob’ektlarida sodir bo‘lgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar mamlakatimiz uchun ham tatbiq etiladi. Yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga tovon to‘lanishini ta’minlaydi. Vena konvensiyasiga qo‘shilish zararni qoplashning xalqaro miqyosda tan olingan huquqiy mexanizmlarini ta’minlab, jabrlanuvchilarni himoya qilishni kuchaytiradi, yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilaydi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratadi. Bu esa, milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshiradi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi va yadroviy javobgarlik sohasidagi zamonaviy standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi. Konvensiyaga qo‘shilish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: — fuqarolik yadro ob’ektlarida sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilash; — yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratish; — milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yadro xavfsizligi sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash. Konvensiya yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadroviy zarar uchun operatorning javobgarligini, shuningdek yadroviy zarardan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilaydi. Vena konvensiyasi Vena konvensiyasi muqaddima va 29 ta moddadan iborat bo‘lib, 1963 yil 21 may kuni qabul qilingan. Hozirgi vaqtda Konvensiyaga 47 ta davlat, shu jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Armaniston va boshqa davlatlar a’zo hisoblanadi. Vena konvensiyasining maqsadi — yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir bo‘lgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadro zarari uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadro zararidan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilashdan iborat. Konvensiyaga muvofiq operatorning yadroviy zarar uchun mutlaq javobgarligi belgilangan. Agar zarar qurolli mojaro, fuqaroviy urush, isyon yoki favqulodda tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, yoxud yadroviy inshootning o‘ziga yoki operatorga tegishli mulkka zarar yetkazilgan bo‘lsa, operator javobgarlikdan ozod etiladi. Konvensiya yadro qurilmasi operatorining fuqarolik javobgarligining minimal chegarasini 5 million AQSH dollari miqdorida belgilaydi. Bunda dollar tushunchasi 1963 yil 29 apreldagi rasmiy oltin pariteti bo‘yicha belgilangan qiymatni anglatadi, ya’ni bir troy unsiya sof oltin 35 AQSH dollariga teng bo‘lgan. Jizzaxda 2 ta katta va kichik quvvatli AESlar quriladi Jizzax viloyatida quvvati 2 GVt bo‘lgan ikki katta atom elektr stansiyasi va 110 MVt quvvatli ikki kichik atom elektr stansiyasi qurish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston va Rossiyaning hamkorligida olib boriladigan bu loyiha mamlakat tarixidagi ilk atom elektr stansiyasi bo‘lib, yangi energiya manbalarini ishlab chiqarish va milliy energetikadagi samaradorlikni oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev 25 cyentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Global atom forumida ma’lum qildi. Loyihada har biri 1000 MVt quvvatga ega ikkita katta reaktor va har biri 55 MVt quvvatli ikki kichik reaktor qurish ko‘zda tutilgan. Bu kombinatsiyalangan yondashuv 2,1 GVt asosiy quvvat ishlab chiqarish va manyovr imkoniyatlarini ta’minlaydi. Shuningdek, kichik modulli reaktorlar va katta reaktorlar o‘rtasidagi integratsiyalangan model ham rivojlantiriladi. Loyihaga ko‘ra, 2025 yil kuzda Jizzaxdagi kichik AES uchun kotlovan qazish ishlari boshlanadi. 2026 yilda birinchi beton quyish ishlari boshlanishi kerak. O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi bo‘yicha xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun MAGATE bilan hamkorlik qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid