
O‘zbekiston yarim yil ichida qancha daromad qildi-yu, qancha xarajat qildi?
07.08.2025 | 23:004366
2025 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston davlat byudjeti xarajatlari daromadlardan 29,1 trln so‘mga oshib ketdi. Mablag‘larning katta qismi ish haqi, ijtimoiy himoya va ta’lim sohalariga yo‘naltirildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilning yanvar–iyun oylariga oid davlat byudjeti daromad va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, byudjet daromadlari 144,2 trln so‘mni, xarajatlari esa 173,3 trln so‘mni tashkil etdi. Xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 15,6% ga oshgan bo‘lib, 29,1 trln so‘mlik defitsit yuzaga kelgan.
Byudjet daromadlari 2024 yilga nisbatan 19,2% o‘sdi. Eng katta ulush bilvosita soliqlarga to‘g‘ri kelib, 51,3 trln so‘mni tashkil etdi (11,3 trln so‘mlik o‘sish qayd etilgan).
Soliq turlariga ko‘ra, eng ko‘p tushumlar:
– Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)
– Foyda solig‘i
Eng kam tushumlar:
– Aylanmadan olinadigan soliq
Xarajatlar tuzilmasi:
– Davlat xodimlarining ish haqi — 62 trln so‘m (35,8%)
– Ijtimoiy soliq to‘lovlari — 15 trln so‘m
– Ijtimoiy xarajatlar umumiy miqdori — 86,2 trln so‘m (deyarli 50%)
Ijtimoiy xarajatlar bo‘yicha:
Ta’lim sohasi — 42,5 trln so‘m:
– Umumta’lim — 29,8 trln so‘m
– Maktabgacha ta’lim — 7,7 trln so‘m
– Darsliklarni yangilash — 784,8 mlrd so‘m (2 baravar o‘sish)
– Maktabgacha ta’limda oziq-ovqat — 1 trln so‘m
Sog‘liqni saqlash sohasi — 19,4 trln so‘m:
– Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar — 9,3 trln so‘m (2 baravar o‘sish)
– Boshqa xarajatlar — 3 baravar oshgan
Nafaqa va moddiy yordam — 6,5 trln so‘m (23,4% kamaygan)
Davlat qarzini qoplash — 8,7 trln so‘m
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar:
Eng ko‘p mablag‘ quyidagi tashkilotlarga yo‘naltirildi:
– Iqtisodiyot va moliya vazirligi
– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
– Ijtimoiy himoya milliy agentligi
– Suv xo‘jaligi vazirligi
– Transport vazirligi
– Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi — 2,5 trln so‘m
Subsidiyalar:
Umumiy subsidiyalar hajmi yuqori darajada saqlanmoqda.
Eng yirik subsidiyalar:
– Tabiiy gaz narx tafovuti — 7 trln so‘m
– Issiqlik ta’minoti korxonalari zarari — 1,6 trln so‘m
– Jamoat transporti zarari — 1,12 trln so‘m
– Nodavlat MTT uchun — 1,8 trln so‘m
– Geologiya-qidiruv ishlari — 364 mlrd so‘m (kamaygan)
Hududiy byudjetlar:
Biror bir viloyatda daromadlar xarajatlardan oshmadi
Sirdaryo viloyatida eng katta defitsit qayd etilgan.
Hududiy infratuzilma xarajatlari: 6,7 trln so‘m (2 baravar o‘sish)
Maqsadli jamg‘armalar:
Jamg‘armalar xarajatlari daromaddan 2 baravar ko‘p.
Pensiya jamg‘armasi — xarajatlarning asosiy qismi
Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi:
– Daromad — 0,4 mlrd so‘m
– Xarajat — 10,25 trln so‘m
Avtoyo‘llar jamg‘armasi:
– Daromad — 7,9 mlrd so‘m
– Xarajat — 33,5 trln so‘m
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston davlat byudjeti defitsit bilan ishladi. Barcha xarajatlarning markazida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash turgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.





