add

O‘zbekistonda 9 oyda 6,5 mln nafar yo‘lovchi samolyotda safar qildi

Bugun 17:251001

2025 yilning 9 oyida mamlakat bo‘yicha havo transportida tashilgan yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga oshdi.

O‘zbekistonda 9 oyda 6,5 mln nafar yo‘lovchi samolyotda safar qildi

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistondagi aviakompaniyalar orqali 6 mln 500 mingga yaqin yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 1,3 million yo‘lovchiga ko‘pdir. O‘sish sur’ati 26,2 foizni tashkil etdi. Bu mamlakatda havo transportiga talab oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yilning 9 oyi mobaynida bir kunda o‘rtacha 23,7 ming yo‘lovchi samolyotda ichki va xalqaro yo‘nalishlarda parvoz qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga 8,6 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 112,5 foizga ortdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida qurilayotgan yangi xalqaro aeroport hududi to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, binolar va qishloq xo‘jaligi yerlari egalariga yetkaziladigan zarar uchun kompensatsiya miqdori aniqlanishi haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 9 oyda 6,5 mln nafar yo‘lovchi samolyotda safar qildi | Vaqt.uz