add

O‘zbekistonda xonadonlarning qariyb 90 foizi hovlilarga to‘g‘ri kelmoqda

Bugun 18:181011 daqiqa

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining katta qismi alohida uylarda istiqomat qilib, ko‘p qavatli uylar ulushi esa nisbatan past darajada qolmoqda.

O‘zbekistonda xonadonlarning qariyb 90 foizi hovlilarga to‘g‘ri kelmoqda

Milliy statistika qo‘mitasining 2025 yil yanvar—sentabr oylari uchun uy xo‘jaliklari bo‘yicha tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda uy xo‘jaliklarining 88,1 foizi alohida uy, ya’ni xususiy hovlilarda yashaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi xo‘jaliklar ulushi 11,7 foizni tashkil etdi. Oxirgi yillarda shaharlashuv jarayoni faol kechayotganiga qaramay, ko‘p qavatli turar-joylar hali umumiy uy fondida nisbatan cheklangan ulushga ega.

Boshqa turdagi turar-joylarda yashovchilar ulushi esa jami xo‘jaliklarning 0,2 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu toifaga vaqtinchalik turar-joylar, xizmat uylari yoki maxsus inshootlarda yashovchi aholi kirishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 47 mingta uy foydalanish uchun qabul qilindi. Bunda, yangidan ishga tushirilgan uylar orasida qishloq hududlarining ulushi katta. Qishloqlarda 31,3 mingta xonadon aynan qishloq joylarda barpo etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida jami 11,1 mln kvadrat metr turar-joylar foydalanishga topshirilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid