add

O‘zbekistonda xususiy maktablar soni 4 yilda 4,5 barobarga oshdi

Bugun 15:22371

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p xususiy maktablar Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistonda xususiy maktablar soni 4 yilda 4,5 barobarga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida mamlakatda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 762 taga oshgan.

Shuningdek, 2024/2025 o‘quv yilida umumiy maktablar orasida nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni 455 taga yetdi. Bu 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 4,5 barobar ko‘pdir.

Hududlar kesimida nodavlat maktablarning joylashuvi turlicha. Eng ko‘p — 131 ta xususiy maktab Toshkent shahrida joylashgan. Farg‘ona viloyati 93 ta maktab bilan ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Shu jumladan, Samarqand viloyatida 38 ta, Andijonda 32 ta va Namanganda 28 ta nodavlat ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Buxoro (27 ta), Xorazm (25 ta) va Toshkent viloyati (25 ta) ham xususiy ta’lim sektori faol rivojlanayotgan hududlar sirasiga kiradi. Qashqadaryoda 21 ta, Sirdaryoda 12 ta xususiy maktab mavjud. Jizzaxda 8 ta, Qoraqalpog‘istonda 7 ta, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida esa 4 tadan xususiy maktab ishlamoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar soni 28 mingdan oshgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid