O‘zbekistonda yangi harbiy prokuror tayinlandi
Bugun 18:551 daqiqa
Bir yildan buyon mazkur lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Otabek Xolboyev lavozimidan ozod etildi.

Prezident farmoni bilan Kahramon Anvarovich Isroilov yangi bosh prokuror o‘rinbosari — O‘zbekiston harbiy prokurori etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ushbu lavozimda 2025 yilning may oyidan buyon Otabek Akbarovich Xolboyev ishlab kelayotgan edi.

Otabek Xolboyev
Ma’lumot uchun, mazkur tayinlovga qadar Kahramon Isroilov Harbiy prokurorning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Undan avval esa Navoiy harbiy prokurori lavozimida ishlagan.

Kahramon Isroilov





