Qamal qilingan Rossiya iqtisodiyoti hozircha o‘zini tutib turibdi — The Economist
01.10.2025 | 15:35305010
«Yaxshi kunlar butunlay ortda qoldi, ammo ish haqi o‘sishi hali ham saqlanib turibdi», — deb yozadi The Economist jurnali Rossiya iqtisodiyotining hozirgi holatini baholar ekan.

Quyida jurnalda e’lon qilingan maqolaning tarjimasini keltiramiz.
Yaqinda AQSH moliya vaziri Skott Bessent Rossiya–Ukraina urushi jarayonini ta’riflash uchun metaforadan foydalandi. «Biz bir poygada ishtirok etyapmiz, — dedi u. — Ukraina armiyasi qancha vaqtgacha bardosh bera oladi va Rossiya iqtisodiyoti qanchagacha yetib bora oladi — masala shunda». Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb sanksiyalarining yanada kuchaytirilishi, jumladan, Rossiya neft mahsulotlarini sotib oluvchi davlatlarga nisbatan tariflar joriy qilinishi Rossiya iqtisodiyotini «to‘liq halokat»ga olib keladi va Vladimir Putinni «muzokaralar stoliga o‘tirish»ga majbur qiladi.
Shu nuqtayi nazardan qaralganda, Rossiya qay darajada zaiflashgan? Hozirda dunyoda hech qaysi davlat bu qadar ko‘p sanksiyalarga duch kelmayapti. Yevropa Ittifoqi 18 ta cheklovlar pakitini qabul qildi, sanksiyalarning 19-paketi esa 19 sentyabr kuni Yevropa komissiyasi tomonidan taklif etildi. AQSH esa taxminan 5000 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etgan. Shunga qaramay, bu cheklovlar hamlasida bir necha bor bashorat qilingan iqtisodiy tanazzul ro‘yobga chiqmadi. 2022 yilda qisqa retsessiyadan so‘ng Rossiya iqtisodiyoti keyingi ikki yilda o‘sish ko‘rsatdi.
Biroq hozirgi kunda bu o‘sish deyarli to‘xtagan. 2025 yil iyul oyida YAIM o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan bor-yo‘g‘i 0,4 foizga o‘sgan; real vaqtda olinayotgan ma’lumotlar ham xuddi shunday manzarani ko‘rsatmoqda. Xaridlar bo‘yicha menejerlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida shakllantirilgan indeksga ko‘ra, so‘nggi bir necha oyda biznes faolligi pasaygan. Korxonalarning foydasi sust o‘smoqda, bu fond bozoriga bosim o‘tkazmoqda, real ish haqi o‘sishi ham sekinlashgan. Iqtisodiy siyosatchilar va nazorat organlari mas’uliyatni bir-birlariga yuklamoqda. 2023–2024 yillar davomida kuzatilgan iqtisodiy «tantana» o‘z nihoyasiga yetdi.
[caption id="attachment_19018" align="aligncenter" width="633"]
Rossiyadagi joriy iqtisodiy faollik indikatori, yillik ifodada avvalgi oyga nisbatan foiz hisobidagi o‘zgarishlar. Infografika: The Economist[/caption]
Iqtisodiy «tantana»ning yakun topishiga bir nechta omillar sabab bo‘ldi. Avvalo, Putin hukumati «fiskal alkogol» siyosatini bekor qildi. 2023 yilda davlat byudjeti xarajatlari YAIMning 5 foizi miqdorida oshgan bo‘lsa, joriy yilda aksincha, ehtiyotkorlik bilan tejamkorlik siyosati yuritilmoqda. Infratuzilma va harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yirik mablag‘lar endi ko‘rinmayapti.
Moliyaviy siyosat ham ushbu sur’atlarni pasaytirishga hissa qo‘shdi: 2023–2024 yillarda Rossiya Markaziy banki inflyatsiyani jilovlash uchun asosiy foiz stavkasini keskin oshirdi. Qimmat qarzlar aholini sarflash o‘rniga pulni tejab turishga undadi.
Sanksiyalar ta’siri esa u qadar ochiq-oydin emas. G‘arb cheklovlariga duch kelgan asosiy eksport tovar — neft ishlab chiqarish hajmi pasaymoqda. 2025 yilning yanvar–mart oylarida Rossiya asosan neft bilan bog‘liq tovarlar eksportidan 96 mlrd dollar ishlab topgan, 2022 yil boshida esa bu ko‘rsatkich 155 dollar mlrd bo‘lgan. Lekin iqtisodiy sharoitdagi o‘zgarishlar ham bu kamayishni izohlaydi: yil boshidan rubl mustahkamlandi — bu eksport tushumlarini kamaytirdi. Jahon bozorida neft narxi past. Qimmat qarzlar esa neft qazib chiqarishni moliyalashtirishni murakkablashtirdi.
Yevropa Ittifoqining so‘nggi sanksiyalar paketi Rossiya uchun vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin. Bu paket, jumladan, Rossiya neft mahsulotlarini sotib olayotgan va Rossiyani tovarlar bilan ta’minlayotgan kompaniyalarga nisbatan jazo choralarini nazarda tutadi.
Ammo tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, qanchalik puxta ishlab chiqilmasin, sanksiyalarni chetlab o‘tishning yo‘llari bor. Sanksiyalarga qo‘shilmagan uchinchi davlatlar orqali reeksport industriyasi faol ishlamoqda, bunday yo‘llarni nazorat qilish juda qiyin.
Masalan, Goldman Sachs banki YeIning Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilishni taqiqlash urinishi yuzasidan shunday xulosa bergan: «Bu taqiqqa rioya qilish juda murakkab, chunki ko‘p portli reeksport va neftni qayta ishlashdagi shaffoflik yetishmasligi uning kelib chiqishini kuzatishni qiyinlashtiradi». Ba’zi hollarda Rossiya butunlay barterga o‘tayapti (masalan, g‘alla evaziga avtomobil), bu esa xalqaro pul o‘tkazmalaridan qochish imkonini beradi.
[caption id="attachment_19019" align="aligncenter" width="633"]
Rossiyadagi iste’molchilik kayfiyati indeksi. 2008 yilning marti 100 deb olingan. Infografika: The Economist[/caption]
Iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi, hatto «ilma-teshik» sanksiyalar sharoitida ham, ehtimol, Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilar. Ammo bu vaqt olishi mumkin. Hozircha iqtisodiyotning «joyida depsinib qolishi» mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani yo‘q: real ish haqi tarixiy rekord darajaga yetdi, ishsizlik esa tarixiy past darajada. G‘arbdagi qorong‘i kayfiyatlardan farqli o‘laroq, rossiyaliklar o‘z iqtisodiy ahvollaridan o‘zlarini hech qachon bu qadar ishonchli his qilmagan
Biroq, shu bilan birga, Ukraina moliyaviy jihatdan tobora og‘ir ahvolga kirib bormoqda. Agar Amerika va Yevropa o‘z ittifoqdoshining bu poygada yutib chiqishini istasa, unga «eski poyabzal» emas, balki ishonchliroq «krossovka» kerak bo‘ladi.