add

Qamchibek Tashiyev: «Abdulla Aripov bilan urushib, janjallashib qolgan paytlarimiz ham bo‘ldi»

Kecha 19:252 daqiqa

«Bir vaqt O‘zbekiston tarafdan komissiya yetakchisi O‘zbekistonning bosh vaziri Abdulla Aripov va biz tarafdan men so‘zlashib o‘tirib kelishmay qoldik. Urushib ketdik!», - deya O‘zbekiston bilan chegara masalalarini hal qilish jarayonlari haqida esladi u.

Qamchibek Tashiyev: «Abdulla Aripov bilan urushib, janjallashib qolgan paytlarimiz ham bo‘ldi»

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 5 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan filmda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev O‘zbekiston bilan chegara masalalarini hal qilish jarayonlari qanday kechgani haqida gapirdi.

Uning ta’kidlashicha, jarayon oson o‘tmagan, ba’zan muzokaralar keskin tus olgan. Qamchibek Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tortishib, o‘zaro urushib qolgan paytlari ham bo‘lgan:

«Shunday bir onlar bo‘lib qoldiki, biz urushib, janjallashib, qo‘limizdagi barcha qog‘ozlarni stol ustiga tashlab qo‘yib, ikki tomonga chiqib ketgan kunlarimiz bo‘ldi. Hammasini batafsil aytsam, davlat sirini ochgan bo‘laman… Bir vaqt O‘zbekiston tarafdan komissiya yetakchisi O‘zbekistonning bosh vaziri Abdulla Aripov va biz tarafdan men so‘zlashib o‘tirib kelishmay qoldik. Urushib ketdik! Ovozimni balandlatib, yaxshi-yomon so‘zlar so‘zlab, urushib ketdik. U ham burilib ketdi, men ham burilib ketdim. Shundan keyin u «kel, boshqatdan gaplashaylik» dedi, men esa «yo‘q, gaplashmayman», deb turib oldim.

Qamchibek Tashiyevning ta’kidlashicha, muloqot boshi berk ko‘chaga kirganidan so‘ng ikki davlat prezidentlari ham shaxsan aralashgan.

«Prezidentimiz o‘rtaga tushdi. Ikki davlat rahbarlari o‘zaro so‘zlashib, bizni qaytadan muzokara stoliga o‘tqazgan kunlari-da bo‘ldi. «Qo‘yinglar, urushmanglar, talashmanglar, o‘tiringlar, masalani yechinglar. Baribir o‘zimiz yechamiz», deb bizni qaytarib stolga o‘tqazishdi, biz qaytadan chegara masalalarini yechish jarayonlariga kirishdik. Chetda turgan odamga bu masalalar o‘z-o‘zidan hal bo‘lgandek ko‘rinaveradi. Asosiy masala, biz chegaramiz bilan bog‘liq masalalarni yechib oldik, mamlakatimiz yuridik jihatdan tom mustaqillikka ega bo‘ldi. Shu ishlar bo‘lmaganida haligacha boshimio‘ janjaldan chiqmay yurardi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasining umumiy uzunligi 1 476 km ni tashkil etadi. Chegara asosan tog‘li va murakkab relefli hududlardan o‘tadi: O‘zbekiston tomonidan Toshkent viloyatidan boshlanib, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari orqali o‘tsa, Qirg‘izistonda Jalolobod, O‘sh va Botken viloyatlari bo‘ylab kechadi. 2017 yilgacha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaraning 85 foizi demarkatsiya qilingan, qolgan qismi bahsli hududlar bo‘lib turgan edi. Qolgan qismini Sadir Japarov prezident bo‘lganidan keyin hal qildi. So‘nggi yillarda har ikki davlat hukumati bahsli hududlar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shu tariqa, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara bo‘yicha muammolar qolmadi.

Avvalroq, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev «Prezident» filmida O‘zbekiston yetakchisining Markaziy Osiyodagi qaysidir davlat muammosi boshqalarining ham imijiga ta’sir qilishi, qirg‘iz-tojik chegarasidagi nizolani tugatish haqidagi gaplarini esga olgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid