add

Rossiyaliklar farzandlari uchun xitoylik enaga yollamoqda

01.07.2025 | 19:404533

Rossiyada boy oilalar farzandlari uchun xitoy tilida so‘zlashuvchi enaga xizmatlariga qiziqishni keskin oshirdi. Xitoy tili ingliz tilidan so‘ng eng muhim xorijiy tilga aylanmoqda.

Rossiyaliklar farzandlari uchun xitoylik enaga yollamoqda
Rossiyaning boy va elita qatlami farzandlari uchun xitoy tilida so‘zlashuvchi enaga yollashga katta qiziqish bildirmoqda. The New York Times nashri yozishicha, bu xizmatlarga bo‘lgan talab so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshgan. «English Nanny» kompaniyasi asoschisi Valentin Gogolning ta’kidlashicha, bugun xitoylik enagalarga bo‘lgan talab fransuz tilidagi enagalardan ham oshgan va bu borada ingliz tilidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. Kompaniya bu talabni qondirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, xitoylik enagalarning oylik ish haqi 5000 dollargacha yetishi mumkin. «English Nanny» mijozlari orasida xitoy tili endilikda ingliz tilidan keyin eng muhim xorijiy til sifatida tanlanmoqda. The New York Times yozishicha, bu Rossiyada kuzatilayotgan «xitoylashuv» jarayonining bir qismi hisoblanadi. Rossiyalik talabalar va maktab o‘quvchilari orasida ham xitoy tiliga qiziqish keskin oshgan, shuningdek, xitoy madaniyati va mahsulotlariga hurmat ham ortib bormoqda. Yaqin vaqtgacha G‘arb madaniyatiga tayanib kelgan Rossiyada hozirda xitoy tilini bilish va xitoy madaniyatiga yaqinlashish modaga aylangan. Bu o‘zgarish Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Xitoy bilan siyosiy yaqinlashuvi fonida sodir bo‘ldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bu borada fikr bildirgan. U o‘zining nabirasi xitoy tilida bemalol so‘zlasha olishini va uning tarbiyachisi xitoylik ekanini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid