add

Saida Mirziyoyeva Bryusselda Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi

10.10.2025 | 17:3036343

Uchrashuv Global Gateway forumi doirasida o‘tdi — tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Saida Mirziyoyeva Bryusselda Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 9 oktyabr kuni Bryusselda Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. «Fon der Lyayen xonim bilan muloqotdan mamnun bo‘ldim. O‘zbekiston–Yevropa hamkorligi yanada mustahkamlanib borishiga ishonchim komil», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva. Uchrashuv Yevropa Ittifoqining Global Gateway forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bryussel shahrida 9–10 oktyabr kunlari o‘tkazilayotgan forum jahon miqyosidagi bog‘lanish, transport va infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek geosiyosiy hamda geoiqtisodiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tashabbuslar muhokamasiga bag‘ishlangan. Global Gateway tashabbusi Yevropa Ittifoqining tashqi investitsiya dasturi bo‘lib, u 2023 yildagi ilk forum muvaffaqiyati asosida bu yil yana keng ko‘lamda tashkil etildi. Forumda YeIning turli davlatlar bilan sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish va barqaror infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva va Ursula fon der Lyayen joriy yilning aprel oyida Samarqandda o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» sammiti doirasida ham uchrashgan edi. O‘shanda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining to‘ng‘ich qizini Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta bilan tanishtirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid