
Saida Mirziyoyeva: «Otam bizni mehnat va shaxsiy o‘rnak bilan tarbiyalagan»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Krill Altmanning «Alter Ego» loyihasiga bergan intervyusida otasi haqida shaxsiy kuzatuvlari va xotiralari bilan so‘zlab berdi.

Kirill Altman: — U [Prezident] tabiatan qattiqqo‘l odammi?
Saida Mirziyoyeva: — Siz 9 yil ichida u o‘tkazgan islohotlarga qarang. Qattiqqo‘llik bilan bularga erishib bo‘lmaydi. Fikrimcha, yumshoqlik va donolik kerak bo‘ladi. Ha, bunda eng avvalo juda katta yumshoqlik kerak bo‘ladi.
U kutishni, sabr qilishni biladi. O‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘ya oladi. U tizimni ich ichidan biladigan odam. O‘ta unikal shaxs.
U avval Mirzo Ulug‘bek tumani, juda murakkab tuman hokimi bo‘lgan. 5 yilcha, Keyin, Jizzax viloyatida 5 yil, Samarqand viloyatida 3 yil.
Keyin esa bosh vazirlik lavozimi. U hammasini uddalardi...
— U doimo ishda bo‘lgani haqida ko‘plab hikoyalar, gap-so‘zlar va afsonalar bor. Ya’ni, non stop rejimida. U oilasi uchun vaqtni qanday topardi? Bolalarni tarbiyalashni qanday uddalardi?
— U doim yonimizda edi. Bo‘sh vaqt topishi bilan bizni ko‘rgani kelardi yoki olib ketardi. Tadbirlarda, safarlarda doim birga bo‘lganmiz. Yosh-yosh qizaloqlar. Hozir juda ko‘p videolar chiqib ketgan. O‘sha tasvirlarda Mirzo Ulug‘bekda ishlaganlarida, uning yonida ikki qizaloq doim ko‘rinish berganmiz.
Jizzaxda ham, u doimo yonimizda bo‘lishga vaqt topardi. U hayotimizda faol ishtirok etib kelgan va davom etmoqda. Bu juda hayratlanarli. Bilmadim, bu o‘sha sabr-toqatdan bo‘lsa kerak. Nima qilib bo‘lsa ham, u buni uddalardi. Men ham undan shuni o‘rganmoqdaman. Bo‘sh vaqtim paydo bo‘lgani hamono men uyga chopaman. Chunki bolalarni faqat o‘rnak bo‘lib tarbiyalash mumkin.
Boshqachasiga, hattoki eng yaxshi ustozlar va eng yaxshi maktablar bilan ham ularni to‘g‘ri insonlar qilib tarbiyalab bo‘lmaydi. Bu shunchaki ish bermaydi. Ota, ona, shaxsiy o‘rnak ish beradi.
Shu. Bizni otam xuddi shunday tarbiyalagan. Mehnat va shaxsiy o‘rnak bilan. Ha, u doim mehnat qilardi. Esimni taniganimdan buyon shunday. Men Qo‘qonda tug‘ilganman. Dadam o‘sha paytda paxtada bo‘lgan. Shunday hikoya qilib berganlarini eslayman. 4-noyabr, sovuq, qor bo‘roni. U qizi tug‘ilgani uchun Jizzax viloyatining qaysidir tumanidan yetib kelgan ekan. Lekin muttasil yonimizda bo‘lmagan, u doimo ishlagan. Esimni taniganimdan buyon u ishda bo‘larji. Bu uning hayot yo‘li. Chunki faqat mehnat bilan hayotda nimagadir erishish mumkin.
— Bu savolni juda ko‘p davlat arboblarimizga berganman. Siz ulardan ham ko‘ra yaxshiroq bilsangiz kerak. Unda buncha kuch-quvvat va shijoat qayerda? Bu meni chindan ham hayratlantiradi. Qanday qilib bunchalik energiyali inson bo‘lish, hamma joyga ulgurish mumkin? Jismonan.
— Men ham bu savolni unga tez-tez berib turaman. Chunki o‘zim tezda charchab qolaman. Doim uning yonidaman-ku. Men charchayman, jismonan charchayman. Hattoki, tashlab qochib ketgim kelgan paytlar bo‘lgan.
Lekin u kishida bu savolga javob bor: Vatanni savish kerak. Lo‘nda va tushunarli javob. Vatanni sevishdan hammasi. Bo‘ldi. Mana shu muhabbat unga impuls beradi. U qisqa vaqt ichida katta, maksimal ulkan natijalarga erishishni istaydi. Men masalan toliqib qolaman. Yonimdagi komandam ham charchaydi. Lekin u kishida… Menicha, bu qandaydir ilohiy yuqtirilgan. Men bunga ishonaman. Chunki Xudoga ishonaman. Taqdirga ishonaman. Shuningdek, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga maksimal erishish uchun, shu ishga qo‘l urishimizdan oldin Xudo bizni qandaydir sifatlar bilan sharaflashiga ham ishonaman. Xudo dunyoga kelishimizdan avval peshonamizga qandaydir maqsadlar yozishiga ishonaman.
Sen esa… Sen bilan, sening joning bilan keyin nima bo‘lishi sening KPIingga bog‘liq. Men diniy tomondan tushuntirishga urinib ko‘rdim. Lekin aynan shundayligiga aminman.





