add

Saudiyada «uyqudagi shahzoda» 20 yillik komadan so‘ng vafot etdi

20.07.2025 | 12:2039882

Saudiya Arabistonida 20 yil koma holatida bo‘lgan «uyqudagi shahzoda» Al Volid ibn Xolid ibn Talal Ol Saud vafot etdi. U bir necha o‘n yil davomida hayot va o‘lim o‘rtasida yashab kelgan edi.

Saudiyada «uyqudagi shahzoda» 20 yillik komadan so‘ng vafot etdi
1990 yili tug‘ilgan shahzoda 2005 yili 15 yoshida Londondagi harbiy litseyda o‘qiyotgan paytida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. U bosh miya jarohati va miyaga qon quyilishi oqibatida koma holatiga tushgan. AQSH va Ispaniyadan kelgan mutaxassislar ko‘rsatgan shoshilinch tibbiy yordamga qaramay, u hushiga kelmagan. Shahzoda Xolid ibn Talal Ol Saudning to‘ng‘ich farzandi va milliarder Al Volid ibn Talalning jiyani hisoblanadi. Uning otasi og‘ir ahvoldagi o‘g‘lining hayotini uzaytirish vositalarini olib tashlash haqidagi takliflarni qat’iy rad etgan va farzandining tiklanishiga umid qilgan. Koma paytidagi ayrim refleks harakatlari oila a’zolarida umid uyg‘otgan. Biroq 2025 yil iyul oyida uning vafoti haqidagi xabar jamoatchilikka tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuzlab foydalanuvchilar «SleepingPrince» xeshtegi ostida hamdardlik bildirishdi.

Teglar

Mavzuga oid