add

Tramp qanday qilib «telba nazariyasi»dan foydalanib, dunyoni o‘zgartirmoqda?

10.07.2025 | 09:00418326

O‘tgan oyda Donald Trampdan Isroil bilan birga Eronga hujum qilish niyati bor-yo‘qligi so‘raldi. AQSH prezidenti shunday javob berdi: «Balki shunday qilarman. Balki yo‘q. Hech kim mening nima qilishimni bilmaydi».

Tramp qanday qilib «telba nazariyasi»dan foydalanib, dunyoni o‘zgartirmoqda?
U Eronga muzokaralarni qayta boshlash imkonini berish uchun ikki haftalik tanaffusga rozi bo‘lganini dunyoga ma’lum qilib, so‘ng darhol bombalashni boshladi. Bu yerda ma’lum bir namuna ko‘zga tashlanadi: Tramp xususida eng bashorat qilib bo‘ladigan narsa — bu uning harakatlarini oldindan aytib bo‘lmaydigan insonligidir. U fikrini o‘zgartiradi. O‘ziga o‘zi zid gapiradi. Mutlaqo izchil emas, deyiladi BBC maqolasida. «[Tramp] qaror qabul qilish tizimini juda markazlashtirilgan shaklda tuzdi, ehtimol, bu — Richard Niksondan beri tashqi siyosat sohasidagi eng markazlashtirilgan tizim bo‘lsa kerak, — deydi London iqtisodiyot maktabi xalqaro munosabatlar professori Piter Trubovits. — Bu esa siyosiy qarorlarni Trampning xarakteri, uning afzalliklari va tabiatiga yanada bog‘liq qilib qo‘yadi». Tramp в окрuжении репортеров Tramp bu xususiyatidan siyosiy maqsadda foydalangan: u o‘zining harakatlarini oldindan aytib bo‘lmasligini asosiy strategik va siyosiy afzallikka aylantirdi. U bashorat qilib bo‘lmaslikni butun boshli doktrina darajasiga ko‘tardi. Endi esa u Oq uyga kelgan shaxsiy xususiyat tashqi va mudofaa siyosatini belgilab berayapti. Bu esa jahon tartibini o‘zgartirmoqda. Siyosatshunoslar buni «telba nazariyasi» (Madman Theory) deb atashadi. Unga ko‘ra, dunyo darajasidagi davlat rahbari raqibini tushkunlikka tushirish uchun o‘zining tabiati tufayli har qanday ishga qodir ekanligiga ishontirishga urinadi. Agar to‘g‘ri qo‘llanilsa, bu majburlash usuliga aylanishi mumkin va Tramp bundan natija chiqayapti, deb hisoblaydi. U ittifoqchilarni o‘z xohishiga ko‘ra harakat qilishga majburlayapti. Ammo bu yondashuv dushmanlarga qarshi ham ish berishi mumkinmi? Va u nuqsonga aylanib qolmaydimi: ya’ni, raqiblarni chalg‘itish uchun nozik psixologik usuldan foydalanish o‘rniga, Tramp o‘zining yaxshi hujjatlashtirilgan va ko‘p marta namoyon bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarini namoyish etib, aksincha, harakatlarini yanada oldindan ko‘rsa bo‘ladigan shaxsga aylanmayaptimi?   Ittifoqchilarga hujum va Putinga xayrixohlik Donald Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik muddatini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan iliq munosabatlar va AQSH ittifoqchilarini tanqid qilish bilan boshladi. U Kanadaga nisbatan haqoratli bayonot berib, bu mamlakat 51-shtatga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u Daniyaga qarashli, AQSH ittifoqchisi bo‘lgan avtonom hudud — Grenlandiyani harbiy kuch bilan anneksiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi. Tramp Panama kanali ustidan egalik va nazoratni qayta tiklash kerakligini ham ta’kidladi. NATOning beshinchi moddasi har bir a’zo davlatni boshqalarni himoya qilish majburiyatiga qo‘yadi. Ammo Tramp AQSHning bu jamoaviy mudofaaga sodiq qolishini shubha ostida qoldirdi. «Menimcha, NATOning beshinchi moddasi hayotni saqlash apparatiga ulangan holda turibdi», — degan edi Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Ben Uolles. Yanada keskin bayonotni sobiq Bosh prokuror Dominik Griv bildirdi: «Hozirga kelib transatlantik ittifoq tugagan». Tramp ma’muriyati a’zolarining ichki yozishmalaridan sizgan ma’lumotlar ularning Yevropadagi ittifoqchilariga nisbatan qanday tahqir bilan qarashlarini ko‘rsatdi. «Men ham yevropalik himoyasiz «mehmonlar»ga bo‘lgan nafratingizni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman», — deb yozgan AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset o‘z hamkasblariga. U fikrini shunday so‘z bilan yakunlagan: «BECHORALAR». Vens и Хегсет стоят, приложив рuкu к голове (салютuют) на фоне вертикально висящего американского флаga Joriy yil boshida Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Vashington endi Yevropaning xavfsizligi kafolatchisi bo‘lib qolmasligini ma’lum qildi. Aslida, bu AQSH va Yevropa o‘rtasidagi 80 yillik transatlantik hamkorlik tarixiga nuqta qo‘ydi. «Tramp qilgan ishlar Amerikaning xalqaro majburiyatlariga nisbatan jiddiy shubhalar va savollar tug‘dirmoqda», — deydi professor Trubovits. «[Yevropadagi] bu davlatlar AQSH bilan xavfsizlik, iqtisodiyot yoki boshqa masalalar bo‘yicha qanday kelishuvlarga ega bo‘lishlaridan qat’i nazar, endi bu kelishuvlar istalgan vaqtda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin». «Menimcha, Tramp atrofidagi ko‘pchilik insonlarcha, Trampning xatti-harakatlarini oldindan ko‘rib bo‘lmaslik foydalidir — chunki bu Donald Trampga AQSH ta’sirini maksimal darajada foydalanish imkonini beradi… Bu uning ko‘chmas mulk sohasida muzokaralar olib borgan tajribasidan chiqqan xulosalardan biri». Trampning bunday yondashuvi natija berayotganga o‘xshaydi. To‘rt oy avval Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakat mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini YAIMning 2,3 foizidan 2,5 foizigacha oshirishini e’lon qilgandi. O‘tgan oydagi NATO sammitida esa bu ko‘rsatkich 5 foizgacha ko‘tarildi — bu ulkan raqam bo‘lib, endi alyansning qolgan a’zolari ham shunga intilayapti. Bashorat qilib bo‘lmaslikni bashorat qilish Donald Tramp — «bashorat qilib bo‘lmaslik» doktrinasini qo‘llayotgan birinchi AQSH prezidenti emas. 1968 yilda AQSH prezidenti Richard Nikson Viyetnam urushiga nuqta qo‘ymoqchi bo‘lganida, u shimoliy viyetnamliklarni muzokaraga majburlashda muammoga duch kelgan. Shunda Nikson milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Genri Kissinjerga shunday degan: «Siz shimoliy viyetnamlik muzokarachilarga ayting, Nikson — telba inson. U nimalar qilmoqchi ekanini bilmaysiz, shuning uchun haqiqiy devonalik boshlanishidan oldin kelishuvga erishganingiz ma’qul», — deydi Notr-Dam universiteti xalqaro munosabatlar professori Maykl Desh. — «Bu — aynan «telba nazariyasi”ning o‘zi».  Richard Nikson и Genri Киссенджер London universitet kollejining siyosatshunos professori Juli Norman bugungi kunda ham «bashorat qilib bo‘lmaslik doktrinasi» haqiqatda mavjud ekaniga qo‘shiladi. «Har kuni nima bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish juda qiyin, — deydi u. — Bu har doim Trampning yondashuvi bo‘lib kelgan». Tramp o‘zining o‘zgaruvchan, barqaror bo‘lmagan shaxsiyati orqali transatlantik mudofaa hamkorligining tabiatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Ayrim yevropalik yetakchilar — Trampning yaxshiligiga erishish uchun bo‘lsa kerak — xushomad va maqtovlar orqali uning munosabatini saqlashga urinishdi. Iyun oyida Haagada bo‘lib o‘tgan NATO sammiti ham aynan shunday xushomad va takalluflar maydoniga aylandi. Sammit oldidan NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Trampga «azizim Donaldga» deb nomlangan xabar jo‘natdi. Bu xabarni keyinchalik Tramp ommaga oshkor qildi. «Erondagi qat’iy harakatlaringiz uchun sizga tabrik va minnatdorlik bildiraman — bu rostdan ham hayratlanarli edi», — deb yozgan Ryutte. Undan tashqari, NATO a’zolari mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshirishga kelishgani haqidagi e’lon arafasida Ryutte «Siz so‘nggi o‘n yilliklarda biror prezident erisholmagan natijalarga erishmoqchisiz», deya «paxta» qo‘ymoqchi bo‘lgan. Ryutte и Tramp. Ryutte смеется, Tramp довольно uлыбается Trampning birinchi ma’muriyatida kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor bo‘lgan Entoni Skaramuchchi esa bunga nisbatan shunday izoh berdi: «Janob Ryutte, u sizni sharmanda qilmoqchi. U Air Force One bortida o‘tirib, ustingizdan kulmoqda». Aynan shunda, Trampning «bashorat qilib bo‘lmaslik» doktrinasidagi zaif nuqta namoyon bo‘ladi: boshqalar Trampni maqtovga o‘ch deb hisoblab, shu asosda harakat qilmoqda. Yoki unda qisqa muddatli yutuqlar muhim, uzoq va murakkab jarayonlar esa unga qiziq emas, deb hisoblashmoqda. Agar bu taxminlar to‘g‘ri bo‘lsa, Trampning dushmanlarini chalg‘itish uchun «nozik makkorlik» bilan o‘ynash imkoniyati kamayadi. Aksincha, uning shaxsiy sifatlari ancha ma’lum va hujjatlashtirilgan bo‘ladi va raqiblari bu xususiyatlardan yaxshi xabardor. Taxdid ham, xushomad ham o‘tmaydigan raqiblar Endi esa savol tug‘iladi: «bashorat qilib bo‘lmaslik doktrinasi» yoki «telba nazariyasi» dushmanlar bilan munosabatda ham ish beradimi? Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy — Tramp va Jey Di Vens tomonidan Oval ofisida qattiq tanqidga uchragan ittifoqchi — shundan so‘ng AQSHga Ukraina mineral zaxiralarini o‘zlashtirishda foyda keltiradigan shartlarni taklif qildi. Biroq boshqa holatlarda Trampning yorqin gaplari va tahdidlari kutilgan natija bermayapti. Vladimir Putin, masalan, Trampning nihoyatda qalin xushomadlari va ochiq tahdidlariga ham mutlaqo befarq. Navbatdagi telefon suhbatidan keyin Tramp ochiqchasiga shunday dedi: «Putinning urushni to‘xtatishga tayyor emasligi menng hafsalamni pir qildi». Ovalьный кабинет Eron masalasi-chi? Tramp o‘z saylovchilarini AQSHni Yaqin Sharqdagi beadad urushlardan chiqarishga va’da bergan edi. Biroq Eronning yadroviy inshootlariga zarba berish to‘g‘risidagi qaror — uning ikkinchi prezidentlik muddatidagi eng bashorat qilib bo‘lmas siyosiy qadamlardan biri bo‘ldi. Savol shuki: bu chora haqiqatan ham samara beradimi? Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Uilyam Heygning fikricha, bu harakat aksincha natija berib, Eronni yadroviy qurol ishlab chiqarishga yanada qat’iyroq undaydi. Professor Maykl Desh bu fikrga qo‘shiladi: «Menimcha, Eron hozir yadroviy qurol yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilishi ehtimoli juda yuqori, — deydi u. — Agar ular mutlaq sukunatda to‘liq texnologik siklni yakunlab, yadroviy sinovni amalga oshirishsa men bundan aslo ajablanmayman». «Menimcha, AQSH va rejim almashishi tahdidiga duch kelgan boshqa diktatorlar Saddam Husayn va Muammar Qazzofiydan o‘ta saboq olgan. Shuning uchun eronliklar har qanday holatda ham to‘xtatib qolishga qodir oxirgi vositani — yadroviy qurolni — qo‘lga kiritishni xohlashadi. Ular uchun Saddam va Qazzofiy — qo‘rqinchli ogohlantiruv, Kim Jong Un esa — ijobiy misol». Антиамериканский и антиизраильский протест в Тегеране. Мuжchiна держит портрет Хаmenеи Janubiy Florida universiteti siyosat professori va «Eronning yuksalishi va Yaqin Sharqda AQSH bilan raqobati» kitobi muallifi Muhsin Miloniy ehtimoliy ssenariy sifatida Islom Respublikasining yanada mustahkamlanishini ko‘rsatadi. «1980 yili Saddam Husayn Eronga hujum qilganda, uning maqsadi Islom Respublikasini yo‘q qilish edi, — deydi u. — Ammo natija mutlaqo teskari bo‘ldi». «Bu — Isroil va AQSHning xato hisob-kitobi edi... Ular agar rahbariyatni yo‘q qilsak, Eron tezda taslim bo‘ladi yoki butun tuzum qulashi mumkin, deb o‘ylashdi».   Muzokaralarga yo‘qolgan ishonch Oldinga nazar tashlar ekanmiz, Trampning bashorat qilib bo‘lmas strategik yondashuvi dushmanlar ustidan ta’sir o‘tkaza olmasligi mumkin. Ammo bu yondashuv ittifoqchilar orasida qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani va ular qanchagacha saqlanib qolishi ham aniq emas. Bu impulsiv jarayon bo‘lib, AQSHga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘lish xavfi bor. «Agar odamlar AQSH bilan muzokaralarga ishona olmasa, agar ular Vashingtonning himoya va xavfsizlik masalalarida yordam berajagiga ishonmasa, u holda ular AQSH bilan hamkorlik qilishni xohlamaydi, — deydi professor Juli Norman. — Shu bois, MAGA tarafdorlari intilayotgan ihotalanish siyosati ularning o‘ziga qarshi ishlashi mumkin». Germaniya kansleri Fridrix Mersning ta’kidlashicha, Yevropa endi AQSHdan operatsion jihatdan mustaqil bo‘lishi kerak. «Bu izohning ahamiyati shundaki, u AQSHning strategik ustuvor yo‘nalishlari o‘zgarganini tan olishdir, — deydi professor Piter Trubovits. — Trampdan oldingi davrga qaytish mumkin emas». «Demak, Yevropa haqiqatdan ham operativ jihatdan mustaqil bo‘lishga majbur bo‘ladi». Мерц и Tramp Professor Maykl Deshning fikricha, Yevropa o‘z mudofaa sanoatini jiddiy ravishda kengaytirishiga to‘g‘ri keladi. Chunki hozirgi kunda AQSHda mavjud bo‘lgan ko‘plab imkoniyatlar Yevropada yo‘q. Masalan, Yevropaning razvedka infratuzilmasi rivojlangan bo‘lsa-da, asosiy texnologiya va quvvatlar AQSH tomonidan ta’minlanmoqda. «Agar Yevropa mustaqil harakat qilishga majbur bo‘lsa, u holda o‘z qurol-yarog‘ sanoati quvvatini jiddiy ravishda oshirishi kerak bo‘ladi, — deydi u. — Armiya soni ham muhim masalaga aylanadi. G‘arbiy Yevropa Polshaga qarab, o‘zlariga kerak bo‘ladigan armiya miqdorini belgilashga harakat qiladi». Bu o‘zgarishlar yillar davomida amalga oshiriladi. Shunisi qiziqki, Yevropa mamlakatlari Trampning harakatlarining bashorat qilib bo‘lmasligidan shunchalik qo‘rqib qoldiki, natijada ular so‘nggi yuz yillikda G‘arb xavfsizlik arxitekturasida eng yirik o‘zgarishlarni boshlashdi. «Bu shubhasiz ta’sir qildi, — deydi Trubovits. — Ammo yanada muhimrog‘i — Tramp AQSH tashqi siyosatining yangi haqiqatini ochib berdi. AQSHning ustuvor yo‘nalishlari o‘zgargan. MAGA harakati uchun Xitoy — asosiy tahdid, Rossiya emas. Yevropaliklar uchun esa bu fikr to‘liq mos kelmaydi». Professor Muhsin Miloniyning fikricha, Tramp dunyo tartibini o‘zgartirishni emas, unda AQSH yetakchiligini mustahkamlashni maqsad qilgan: «Menimcha, u Ikkinchi jahon urushi ortidan shakllangan global tartibni buzishni istamayapti. Aksincha, unda AQSH yetakchiligini yanada kuchaytirmoqchi. Chunki aynan Xitoy bu ustunlikka tahdid solayapti». Bu esa AQSH va Yevropa o‘rtasidagi xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi ustuvor yo‘nalishlarning bir-biridan uzoqlashib borayotganini anglatadi. Ehtimol, yevropalik ittifoqchilar xushomad va real siyosiy imtiyozlar orqali Trampni o‘z tomonlariga og‘dira olganiga ishonayotgandir: axir u NATOning so‘nggi sammitida beshinchi moddaga sodiqligini yana tasdiqladi. Biroq «bashorat qilib bo‘lmaslik» doktrinasi tufayli bu so‘zlar kafolat sifatida qabul qilinmasligi kerak. Endi Yevropada ham buni yaxshi tushunishyapti: AQSH endi ko‘hna qit’a himoyasi bo‘yicha tarixiy majburiyatlarini avtomatik ravishda bajaradigan ittifoqchi emas. Mana shu jihatdan Trampning real xususiyatlariga va strategik hisob-kitobiga asoslangan bo‘lsa-da — uning doktrinasi ishlayapti. Hech bo‘lmasa, ayrim joylarda.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp qanday qilib «telba nazariyasi»dan foydalanib, dunyoni o‘zgartirmoqda? | Vaqt.uz