Ukraina hukumati to‘liq iste’foga chiqdi
Oliy Rada bosh vazir Yuliya Sviridenkoning iste’fosini tasdiqladi. Bu butun hukumat tarkibining iste’foga chiqishini anglatadi.

Ukraina Oliy Radasi mamlakat bosh vaziri Yuliya Sviridenkoning iste’fosini yoqlab ovoz berdi, bu esa butun hukumat tarkibining iste’foga chiqishini anglatadi. Bu haqda UNIAN nashri xabar berdi.
Yuliya Sviridenkoni Ukraina bosh vaziri lavozimidan ozod etish qarori uchun 258 nafar xalq deputati ovoz bergan. Qonunchilikka ko‘ra, bu qaror hukumatning barcha tarkibi bir vaqtning o‘zida iste’foga chiqishini bildiradi.
Zelenskiyning qarori
12-iyul kuni Ukraina prezidenti Voladimir Zelenskiy Yuliya Sviridenkoni bosh vazir lavozimidan bo‘shatishga qaror qilgani haqida ma’lumot tarqalgan edi. Uning yangi muhim yo‘nalishga rahbarlik qilishi aytilmoqda.
Oliy Rada Yuliya Sviridenkoni 2025 yilning iyul oyida Ukraina bosh vaziri etib tayinlagan edi. Undan oldin mazkur lavozimni tark etgan Denis Shmigal Mudofaa vazirligi rahbari lavozimiga ko‘rsatilgan.





