Valuta bozori: eksport, pul o‘tkazmalari va so‘m kursi

2025 yilda ichki bozorda taklif yetarli bo‘ldi, eksport va pul o‘tkazmalari oshdi, biroq so‘m mustahkamlanganiga qaramay yil davomida sezilarli tebranib turdi.

Valuta bozori: eksport, pul o‘tkazmalari va so‘m kursi

2025 yilda yuridik shaxslar tomonida chet el valutasiga talab o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga o‘sgan bo‘lsa, taklif esa bundan tezroq oshdi — 36 foizga. Ya’ni, bozorda valuta yetishmovchiligi bo‘lmadi, aksincha valuta ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy bankining 2025 yil yakunlari bo‘yicha ichki valuta bozori sharhida ma’lum qilindi.

Eksport, import va valuta oqimi

Valutaning katta qismi eksportdan tushdi. 2025 yilda eksport hisobidan 18 mlrd dollar valuta shakllandi. Shuning 9,8 mlrd dollari ichki valuta bozorida sotildi. Bu degani, eksport qilgan korxonalar valutaning katta qismini banklar orqali bozorga chiqardi.

Bundan tashqari, banklar xorijiy kreditlar hisobidan ham valuta sotdi. Bu miqdor 9,7 mlrd dollar bo‘ldi va o‘tgan yilga qaraganda juda 69 foiz (4 mlrd dollar) o‘sish ko‘rsatdi.

1

Importni moliyalashtirishda 63,7 foiz manba ichki valuta bozoridan sotib olingan valuta, 24 foizi esa korxonalarning o‘zidagi valuta mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Qolgan 12,3 foiz esa o‘z mablag‘lari hisobiga shakllantirilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, import asosan ichki bozor orqali sotib olingan valuta hisobiga moliyalashtirilgan.


Sotib olingan valuta nimaga sarflandi?

2

Sotib olingan chet el valutasining asosiy qismi quyidagi ehtiyojlarga yo‘naltirildi. Jumladan, uning 50 foizi ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, xomashyo va turli tovarlarni import qilishga sarflandi.

Yana 28 foizi ilgari olingan xorijiy kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni yopishga yo‘naltirildi. Valutaning 17 foizi esa ichki bozorni ta’minlash maqsadida iste’mol tovarlari va dori-darmonlar importiga ishlatildi. Qolgan qismi investorlar daromadlarini repatriatsiya qilish, ya’ni daromadning mamlakatdan tashqariga chiqarilishi hamda boshqa turli moliyaviy ehtiyojlar uchun sarflangan.

Banklar va aholi o‘rtasidagi valuta operatsiyalari

3

Aholining banklar bilan amalga oshirgan valuta operatsiyalari natijasida bozorda qo‘shimcha chet el valutasi shakllandi. Bunga asosiy sabab — aholining valutani sotishi sotib olishdan ancha yuqori bo‘lgani bo‘ldi.

Yil davomida aholi tijorat banklariga jami 21,7 mlrd dollar sotdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 1,4 barobarga oshgan. Shu bilan birga, aholi banklardan 12 mlrd dollar sotib oldi. Sotib olingan valuta hajmi ham oshgan bo‘lsa-da, sotilgan valutaga nisbatan ancha kam bo‘ldi.

Natijada, aholining chet el valutasini sotishi unga bo‘lgan talabdan 9,7 mlrd dollarga ko‘p chiqdi. Bu holat ichki valuta bozori uchun ijobiy omil bo‘lib, bozordagi valuta taklifini oshirdi.

Aholi tomonidan banklarga sotilayotgan valutaning asosiy manbai — xalqaro pul o‘tkazmalari hisoblanadi. 2025-yilda chet eldan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari orqali 18,9 mlrd dollar kelib tushdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga ko‘p degani. Ya’ni, xorijda ishlayotgan fuqarolar tomonidan yuborilayotgan mablag‘lar sezilarli darajada oshdi.

Mamlakatdan chiqib ketgan valuta mablag‘lari esa 2,6 mlrd dollarни tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 138 mln dollarga kamaydi. 

So‘m 6,9 foizga mustahkamlandi

2025 yilda milliy valuta — so‘m almashinuv kursi 6,9 foizga mustahkamlandi. Shu bilan birga, yil davomida kursning kunlik tebranish darajasi ikki barobar oshdi. Agar 2024 yilda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 0,1 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda tebranuvchanlik ancha faollashdi.

5

Yil yakunlariga ko‘ra, so‘mning o‘rtacha almashinuv kursi 12 575 so‘mni tashkil etdi. Yil davomida eng yuqori kurs 13 004 so‘m bo‘lib, bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5,5 foizga yuqori bo‘ldi. Eng past kurs esa 11 881 so‘m darajasida qayd etildi, ya’ni o‘rtacha kursdan 3,4 foizga past.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning aprel–dekabr oylarida kurs tebranuvchanligi 0,35 foizgacha ko‘tarildi. Bu so‘m kursining bozor sharoitlariga tezroq moslashayotganini va moslashuvchanligi yuqori bo‘lgan davlatlar valutalariga yaqinlashganini anglatadi. Kurs tebranuvchanligi deganda, valuta kursining ma’lum vaqt ichida qanchalik tez va qanchalik katta oraliqda o‘zgarishi tushuniladi.

So‘m kursidagi o‘zgarishlar aniqroq raqamlarda ham aks etdi. Xususan, 2021–2024-yillarda so‘m dollarga nisbatan o‘rtacha 24,17 so‘mga o‘zgarib turgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 43 so‘mga yetdi. Bu tebranishlarning kuchayganini ko‘rsatadi.

Markaziy bank buni ichki valuta bozorida market-meykerlar sonining oshgani bilan izohlaydi. 2025-yil yakuniga kelib, market-meykerlar soni 2 tadan 5 tagacha ko‘paydi. Ular tomonidan tuzilgan bitimlar hajmining oshishi kursning ikki tomonlama tebranuvchanligini kuchaytirdi.

Shu bilan birga, almashinuv kursining mustahkamlanishi iqtisodiyotda milliy valutaga bo‘lgan ishonchni oshirdi va qator ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Jumladan, 2025-yilda bank tizimidagi milliy valutadagi depozitlar hajmi yil boshidan 44 foizga oshib, 240 trln so‘mga yetdi.

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari ham pasaydi. Aholi orasida bu ko‘rsatkich 11,5 foizga, tadbirkorlar orasida esa 11,1 foizga tushdi. Yil boshida bu raqamlar mos ravishda 14,4 va 13,9 foiz bo‘lgan. Shu bilan birga, kutilmalar shakllanishida valuta kursining ta’siri ikki barobarga qisqardi.

Bundan tashqari, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasi pasayishda davom etdi. Kreditlar bo‘yicha dollarlashuv 41 foizdan 38 foizgacha, depozitlar bo‘yicha esa 26 foizdan 22 foizgacha tushdi. Mijozlarning banklarga jami valuta sotuvi 35 foizga oshib, 47 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shuningdek, so‘mning mustahkamlanishi natijasida davlat va korporativ tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham o‘rtacha 6–7 foizga qisqardi.

Teglar

Mahliyo Hamidova

Mahliyo HamidovaMaqolalar soni: 50

Barchasi

Mavzuga oid