2025-yilda qaysi kompaniyalar eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan?

Бугун 11:202 дақиқа

2025-yilda O‘zbekistondagi kompaniyalar umumiy qiymati 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

2025-yilda qaysi kompaniyalar eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan?

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda korxona va tashkilotlarga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari umumiy hajmi 178,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tahlillari orqali ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ning 119 trln so‘mi soliq imtiyozlari, 59,1 trln so‘mi esa bojxona imtiyozlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Natijada mazkur mablag‘lar korxonalar ixtiyorida qoldirilib, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Solishtirmada, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 127,1 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilning birinchi yarmida 63,4 trln so‘m qayd etilgan.

Eng yirik benefitsiarlar

Soliq imtiyozlaridan eng ko‘p foydalangan kompaniya — «Uzbekistan GTL» bo‘lib, unga 2,8 trln so‘mlik yengillik berilgan. Keyingi o‘rinlarda «Uzbekistan Airways» (2,4 trln so‘m) va «O‘zbekneftgaz» (1,7 trln so‘m) joy olgan.

Shuningdek, «O‘zbekiston temiryo‘llari» 1,1 trln so‘m va «UzAuto Motors» 899 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlarini olgan holda kuchli beshlikdan joy oldi.

1

Bojxona imtiyozlari bo‘yicha esa «UzGasTrade» yetakchi bo‘lib, 2,1 trln so‘mlik imtiyozlardan foydalangan. Undan keyin «RWS Optimum» (1,4 trln so‘m) va «Enter Engineering»ning Qorao‘zak IES loyihasi (1,1 trln so‘m) keladi.

2

Ma’lumotlarga ko‘ra, bojxona imtiyozlaridan doimiy ravishda eng ko‘p foydalangan beshta tashkilotdan to‘rttasi «Enter Engineering» bilan bog‘liq tuzilmalar hisoblanadi. Ular umumiy hisobda 1,8 trln so‘mdan ortiq imtiyozlarni o‘zlashtirgan.

Shuningdek, «Asia Trans Gas» 860 mlrd so‘mlik, «My Freighter» 660 mlrd so‘mlik va «Humo» to‘lov tizimi 542 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Bojxona imtiyozlari oluvchilar orasida «Trest 12» (519 mlrd so‘m) va «Gorilla Energy»» (414 mlrd so‘m) ham qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkichlar mamlakatda yirik infratuzilma va energetika loyihalariga keng ko‘lamda imtiyozlar ajratilayotganini ko‘rsatadi.

3

Теглар

Мавзуга оид