Logo

30 yil shaxsiy kolleksiyada saqlangan asar 80 mln dollarga baholanmoqda

Бугун 15:142 дақиқа

Muallifning qariyb bir asrlik manzara asari auksionda millionlab dollarlik savdoga sabab bo‘lishi mumkin.

30 yil shaxsiy kolleksiyada saqlangan asar 80 mln dollarga baholanmoqda © Forbes

17-noyabr kuni Christie’s auksionida avstriyalik rassom Gustav Klimtning «Litslbergkeller» nomli manzara asari savdoga chiqariladi. Kartinaning qiymati 60–80 mln dollarga baholanmoqda.

Asar qariyb 30 yil davomida shaxsiy kolleksiyada saqlangan. Uni hozirgi egasi 1997-yilning may oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Sotheby’s auksionida sotib olgan. O‘sha vaqtda kartina Nyu-Yorkdagi «Neue Galerie» galereyasi asoschilaridan biri Serj Sabarski kolleksiyasidan olib kelingan edi.

«Litslbergkeller» auksionda sotuvga qo‘yilgan Klimt asarlari orasida eng qimmatlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Savdo 17-noyabr kuni Christie’s tomonidan XX va XXI asr san’atiga bag‘ishlangan kechki auksion doirasida bo‘lib o‘tadi.

Rasm 1915–1916-yillarda yaratilgan. Klimt 1900-yildan 1918-yilda vafotigacha yoz oylarini ko‘pincha Avstriyaning qishloq hududlarida, Atterze ko‘li bo‘yida o‘tkazgan. Mazkur asarda ham aynan shu ko‘l manzarasi tasvirlangan.

«Manzara uch qismdan iborat lirik asarga o‘xshaydi: avval ulug‘vor eman daraxtlari bilan qoplangan o‘rmon, ularning barglari orasida yashiringan uy va nihoyat, ko‘ldagi yaltirab turgan aks tasvirlangan»,— dedi Christie’s kompaniyasining Yevropadagi raisi Jovanna Bertatssoni.

Uning fikricha, san’atning eng buyuk asarlari inson qalbiga shifo beruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday asarlarning eng katta qadriyati esa ularni san’atni qadrlaydigan kolleksionerlar qo‘liga topshirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 100 yillik kartina rekord narxga sotilgani haqida yozgan edik. Auksion uyi narxni Fransiyada savdoga qo‘yilgan kartinalar orasidagi eng yuqori baho deb atagan. Natijada asarni auksionda telefon orqali ishtirok etgan osiyolik kolleksioner sotib olgan.

Farangiz Bobojonova

Теглар

Мавзуга оид