330 ta pullik «parkovka» va 9 ta yangi bekat. Toshkent yo‘llarida nimalar qilinmoqda?

Бугун 19:332 дақиқа

VAQT.UZ fevral oyida boshlangan «Dolzarb 90 kunlik» tadbiri doirasida shu kungacha Toshkent yo‘llarida nimalar qilingani bilan tanishtiradi.

330 ta pullik «parkovka» va 9 ta yangi bekat. Toshkent yo‘llarida nimalar qilinmoqda?

Joriy yilning 26-fevral kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Yo‘l harakatini tashkil etish markaziga (YHTEM) tashrifidan so‘ng, poytaxtda yo‘l infratuzilmasini tubdan sog‘lomlashtirish bo‘yicha «Dolzarb 90 kunlik» tadbiri e’lon qilingandi. VAQT.UZ bugungacha ushbu tadbir doirasida qilingan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotdan anglashiladiki, shaharda 12 ta yangi piyodalar o‘tish yo‘li paydo bo‘lgan, 10 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘li tartibga solinadigan (svetoforli) holatga keltirilgan. Bunda Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 7 ta, Bobur ko‘chasida 1 ta, Bunyodkor ko‘chasida 4 ta Yangi yerusti piyodalar o‘tish yo‘llarini tashkil etilgan. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 3 ta, Bobur ko‘chasida 1 ta, Furqat ko‘chasida 1 ta, Bunyodkor ko‘chasida 4 ta, Sebzor ko‘chasida 1 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘llari tartibga solinadigan bo‘lgan.

Shaharda 9 ta yangi bekat o‘rnatilgan bo‘lsa, 18 ta «cho‘ntak» (bekat yonida avtobuslar kelib to‘xtaydigan aloxida yo‘lak) tugatildi.

1

Shuningdek, ko‘p polosali ko‘chalarda 14 ta qayrilib olish joylari tartibga solindi. Qayrilib olish joylarini ko‘cha oralig‘idan tartibga solinadigan tugunlarga (chorrahalar va piyodalar o‘tish joylariga) ko‘chirish bir nechta harakat polosalari orqali amalga oshiriladigan xavfli manyovrlarni istisno qilishga, harakat ishtirokchilarining o‘zaro ko‘rinishini ta’minlashga va transport oqimlarini tartibga solishga imkon berishi kutilmoqda.

2

Oqimlarni turli fazalarga ajratish va chorrahalardagi nizolarni bartaraf etish uchun 13 ta alohida chapga burilish yo‘lagi loyihalashtirilgan. Alohida chapga burilish yo‘laklarining yaratilishi burilayotgan transportni asosiy oqimdan ajratish va chorrahalardagi to‘xtalib qolishlarni bartaraf etish imkonini berishi aytiladi.

Tezlikni tizimli ravishda oshirish va boshqaruvni yaxshilash maqsadida avtobuslar uchun maxsus ajratilgan yo‘laklarning yangi standarti ham ishlab chiqilgan. Bu avtobuslar harakat tezligining 15-30 foizga oshishi, to‘xtalishlarning qisqarishi va harakat muntazamligining oshishi hamda yo‘lakning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 30 foizdan ko‘proqqa o‘sishini ta’minlashi aytilmoqda. Shu davr mobaynida 7 km mavjud ajratilgan yo‘laklar modernizatsiya qilingan bo‘lsa, shundan 1,5 km qismi yangi ajratilgan yo‘laklardir.

3

Xavfsizlikni oshirish va pullik to‘xtab turish joylarini rivojlantirish imkoniyatini ta’minlash uchun to‘xtab turish joylarini (parkovka) tizimlashtirish ham nazarda tutilgan. 584 ta to‘xtab turish joyi joylashtirilgan bo‘lsa, shundan 330 tasi pullik parkovakalardir.

Теглар

Мавзуга оид

330 ta pullik «parkovka» va 9 ta yangi bekat. Toshkent yo‘llarida nimalar qilinmoqda? | Vaqt.uz