4-aprel kuni O‘zbekistonda yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda
O‘zbekistonda 4-aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda sel va qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda.

4-aprel kuni respublika bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet habar berdi.
Ma’lkmotlarga ko‘ra, 4-aprel kunm kunduzi ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, joy-joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmayapti.
Sinoptiklarga ko‘ra, shamol tezligi o‘rtacha sekundiga 7–12 metrni tashkil etadi. Havo harorati esa kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar mavsumiy me’yorlarga yaqin bo‘lib, ayrim hududlarda qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilishi ehtimoli yuqori.
Poytaxt Toshkent shahrida ham ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 3–8 metr bo‘lib, ayrim paytlarda 10–12 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +17…+19 daraja atrofida saqlanadi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik ehtimoli yuqori bo‘lib, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Mutaxassislar sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi borligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, dengiz sathidan 2000 metrdan yuqori bo‘lgan hududlarda qor ko‘chishi xavfi ham saqlanib qolmoqda.





