9 va 11-sinf yakuniy imtihon fanlari rasman e’lon qilindi

Бугун 09:391 дақиқа

O‘zbekistonda 2026 yilgi yakuniy imtihonlar ro‘yxati tasdiqlandi, unga ko‘ra 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun majburiy va tanlov fanlari aniq belgilab berildi.

9 va 11-sinf yakuniy imtihon fanlari rasman e’lon qilindi

O‘zbekistonda 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun 2026 yilgi yakuniy imtihon fanlari ro‘yxati rasman e’lon qilindi.

9-sinf bitiruvchilari

9-sinf o‘quvchilari to‘rtta fan bo‘yicha yakuniy imtihon topshiradi. Ular:

Ona tili va adabiyot (yoki davlat tili),

Matematika,

O‘zbekiston tarixi

Jismoniy tarbiya fanlari. Ushbu fanlar bazaviy bilimlarni baholashga qaratilgan.

11-sinf bitiruvchilari

11-sinf bitiruvchilari uchun esa imtihon tizimi ikki qismga bo‘lingan. Birinchi qism — majburiy fanlar bo‘lib, ularga ona tili va adabiyot (yoki davlat tili), matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan darajada) hamda tarix kiradi. Bu fanlar barcha bitiruvchilar uchun majburiy hisoblanadi.

Ikkinchi qism — tanlov fanlaridan iborat. O‘quvchilar ona tili va adabiyoti, biologiya, fizika, kimyo, huquq, geografiya va chet tili fanlaridan ikkitasini tanlab, imtihon topshiradi. Bu esa bitiruvchilarga o‘z qiziqishi va kelajak kasbiga mos yo‘nalishni tanlash imkonini beradi.

11-sinf o‘quvchilari jami beshta fan bo‘yicha imtihon topshiradi — uchta majburiy va ikkita tanlov fanidan. Bu tartib ta’lim sifatini baholash va abituriyentlarni keyingi bosqichga tayyorlash maqsadida joriy etilgan.

Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026 yil 16-martdagi 102-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan.

Теглар

Мавзуга оид