Abituriyentlarga B1 sertifikati uchun beriladigan ball tasdiqlandi

Бугун 13:252 дақиқа

Chet tili yo‘nalishlariga topshiruvchi B1 milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar uchun beriladigan ball foizi ma’lum qilindi.

Abituriyentlarga B1 sertifikati uchun beriladigan ball tasdiqlandi © sun'iy intelekt

Oliy ta’lim muassasalariga qabul va ta’lim tizimida sertifikatlarni tan olish tartibiga muhim o‘zgartishlar kiritildi. Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi hujjatga muvofiq, chet tili fani mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ham ball beriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, mazkur toifadagi abituriyentlar chet tili fanidan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball oladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi endi 1–6 ballik tizim asosida belgilanadi.

Pedagoglarga yangi ustamalar

Hujjatda pedagog xodimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan qator yangiliklar ham nazarda tutilgan. Xususan, ingliz tili bo‘yicha TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ustama to‘lashda ularning amal qilish muddati inobatga olinadi.

Kasbiy ta’lim muassasalarida xorijiy tilda maxsus fanlarni o‘qituvchi pedagoglar uchun ham qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilindi. Ular milliy yoki xalqaro tan olingan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lsa, lavozim maoshining 50 foizi, C1 darajasi uchun esa 100 foizi miqdorida har oylik ustama oladi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar


Yangi qoidalar Digital SAT sertifikatiga ham taalluqli. Unga ko‘ra, mazkur sertifikatning matematika bo‘limida 750 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga ustama belgilanadi.

Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yurituvchi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ham qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Теглар

Мавзуга оид