Logo

«Asia Alliance Bank» ATB BACEE xalqaro bank assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi

Бугун 12:151 дақиқа

«Asia Alliance Bank» ATB Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlarining moliyaviy tashkilotlarini birlashtiruvchi Banking Association for Central and Eastern Europe (BACEE) xalqaro bank assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi.

«Asia Alliance Bank» ATB BACEE xalqaro bank assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi

BACEE a’zoligiga qo‘shilish «Asia Alliance Bank»ning xalqaro hamkorligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, professional aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Assotsiatsiyaga a’zolik bankka xalqaro sohaviy konferensiyalar, ishbilarmonlik uchrashuvlari va ta’lim dasturlarida ishtirok etish, shuningdek, turli mamlakatlar bank sektori vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradi. Bu esa ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va istiqbolli qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratadi.

Banking Association for Central and Eastern Europe (BACEE) — 1996 yilda tashkil etilgan xalqaro bank assotsiatsiyasi bo‘lib, Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi banklar, moliya kompaniyalari hamda bank assotsiatsiyalarini birlashtiradi. BACEE bozor ishtirokchilari o‘rtasida professional hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi, xalqaro konferensiyalar, ishbilarmonlik uchrashuvlari va ta’lim dasturlarini tashkil etadi.

«Asia Alliance Bank» xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirish, sheriklik aloqalarini mustahkamlash va xalqaro moliya hamjamiyatidagi ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda.

Alliance Pay | Instagram | Facebook | YouTube | Telegram

Теглар

Мавзуга оид