Bepul kartalar va sovg‘alar: bayram munosabati bilan banklar aksiya e’lon qildi

06.03.2026 | 19:202 дақиқа

O‘zbekistonda ayrim banklar Xalqaro ayol-qizlar kuni munosabati bilan turli aksiyalar taklif qilmoqda. Ular orasida bepul karta ochish, ayol tadbirkorlar uchun bepul xizmatlar, sertifikatlar va qimmatbaho sovg‘alar o‘yini ham bor.

Bepul kartalar va sovg‘alar: bayram munosabati bilan banklar aksiya e’lon qildi

O‘zbekistondagi bir nechta banklar 8-mart — Xalqaro ayol-qizlar kuni munosabati bilan bepul karta ochish imkoniyatidan tortib maxsus aksiyalargacha taklif qilmoqda. 


Garant bank — biznes uchun imtiyozlar


Bank bayram munosabati bilan ayol tadbirkorlar uchun aksiya qilmoqda. Bu uchun mijozlar biznes hisobraqamini ochib, bepul xizmatlardan foydalanishi va “Muvaffaqiyatli ayol” kreditini olishi mumkin.


Aksiya doirasida to‘lov hujjatlari orqali pul o‘tkazmalari, Internet-banking va Mobile-banking, terminallar ijarasi, korporativ kartani to‘ldirish bepul taqdim qilinadi. Biznes egasi uchun Uzcard va Humo kartasi sovg‘a bo‘ladi.


300 mln so‘mgacha kredit esa yillik 24,99 foizda, 36 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan ajratiladi. 


Aksiya 2026-yil 6-martdan 6-maygacha o‘tkaziladi. Unda ayol yakka tartibdagi tadbirkorlar, ayollar rahbarlik qiladigan bizneslar, ustav kapitalida ayollar ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan korxonalar ishtirok etishi mumkin. 


Batafsil ma’lumot bu yerda.


Asakabank — bepul karta


Asakabank Uzcard Red kartasi bo‘yicha aksiya taqdim qilmoqda. 5–13-mart kunlari barcha ayollar bu turdagi kartani bepul ochishlari mumkin. 


Shu bilan birga, karta orqali 200 ming so‘mdan ortiq operatsiya amalga oshirgan ishtirokchilar sovg‘alar o‘yinida qatnashish imkoniga (iPhone 17 Pro’dan tortib, kosmetika do‘koni uchun sertifikatlargacha) ega bo‘ladi. 


Aksiya 31-martgacha davom etadi, g‘oliblar esa 3-aprel kuni e’lon qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.


MKBank — bepul karta


6 va 10-mart kunlari barcha ayol-qizlar MKBankda istalgan bank kartasini mutlaqo bepulga rasmiylashtirish imkoniga ega. Kartalarning odatiy narxi 40-45 ming so‘m atrofida.


Batafsil ma’lumot bu yerda.



Oriyent Finans bank — sovg‘alar va yutuqli o‘yin


8-mart bayrami munosabati bilan Oriyent Finans bank ayol-qizlar o‘rtasida katta sovg‘alar yutuqli o‘yinini e’lon qildi. 


Aksiya bir oy davom etadi —8-aprelgacha. Aksiya yakunida 64 ta qimmatbaho sovg‘a o‘z egalariga topshiriladi.


Unda ishtirok etish uchun OFB mobil ilovasi orqali istalgan kartaga buyurtma berish va kamida bitta tranzaksiyani amalga oshirish kerak. 


Sovg‘alar orasida sport kompleksiga sertifikatlardan tortib, kosmetika to‘plamigacha mavjud. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Kapitalbank — Yandex Go uchun promokod


Bank 6-mart kuni istalgan turdagi bank kartasini rasmiylashtirgan ayollarga Yandex Go xizmatida foydalanish uchun 200 ming so‘mlik promokod bermoqda. Promokod har bir mijozga bir martalik tarzda taqdim etiladi. 


Batafsil ma’lumot bankning rasmiy saytida mavjud.


Bundan tashqari, banklar bayram sabab o‘z mijozlari uchun ham foydali takliflar bermoqda. Masalan, Ipak yo‘li banki Woman Card egalari uchun maxsus takliflar e’lon qilgan.

Теглар

Мавзуга оид