Logo

Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Бугун 09:411 дақиқа

O‘zgidromet 2-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

O‘zbekistonda 2-sentabr kuni asosan quruq va iliq havo kuzatiladi. Kunduzi Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat +28...+33 daraja, janubda +37 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat +28...+30 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat +20...+25 daraja bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид