Logo

«Bunyodkor»ga 5 milliard so‘mlik davlat yordami ajratildi

Бугун 16:342 дақиқа

Klub endi Superligadagi navbatdagi bahslarga tayyorgarlikni davom ettirishini bildirdi.

«Bunyodkor»ga 5 milliard so‘mlik davlat yordami ajratildi © Foto: Zamon.uz

Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubiga davlat tomonidan 5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mablag‘ O‘zbekiston Prezidentining 2026 yil 24-martdagi «Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–107-son qarori asosida yo‘naltirilgan.

Klub bayonotida hukumat tomonidan amaliy yordam ko‘rsatila boshlangani qayd etilib, futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar uchun prezident va hukumat vakillariga minnatdorlik bildirildi.

«Bunyodkor» tayyorgarlikni davom ettiradi

Matbuot xizmatiga ko‘ra, ajratilgan mablag‘dan so‘ng jamoa Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlikni davom ettiradi.

Shuningdek, klub og‘ir kunlarda qo‘llab-quvvatlagan muxlislar, blogerlar, sport nashrlari hamda «Paxtakor», «Surxon», «Buxoro», «Navbahor», «Lokomotiv» va «Olympic mobiuz» klublariga alohida minnatdorlik bildirdi.

Inqiroz ortidan yordam

Bundan avval «Bunyodkor» og‘ir moliyaviy holat sabab Superliganing 15-turida «Qizilqum»ga qarshi Navoiyda o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvga bora olmasligini Professional futbol ligasiga rasman ma’lum qilgan edi.

Klub safar xarajatlari, jumladan yo‘l chiptalari, mehmonxona va ovqatlanish uchun mablag‘ yo‘qligini bildirgan.

Buning ortidan PFL reglamentiga muvofiq jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi. Shuningdek, mavsum davomida bunday holat yana takrorlansa, «Bunyodkor»ni Superligadan chetlashtirish masalasi Liga Ijroiya qo‘mitasi muhokamasiga qo‘yilishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.

Теглар

Мавзуга оид