Chet elliklar O‘zbekistonda 50 ming dollar evaziga maxsus soliq rejimiga o‘tishi mumkin

Бугун 17:402 дақиқа

Hukumat qarori bilan chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etildi.

Chet elliklar O‘zbekistonda 50 ming dollar evaziga maxsus soliq rejimiga o‘tishi mumkin © vitvesti.by

O‘zbekiston hukumati chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqdagi hukumat qarori lex.uz saytida e’lon qilindi.

Mazkur mexanizm Prezidentning «Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-180-sonli farmonida ko‘zda tutilgan. Hujjatga muvofiq, chet el fuqarolari maxsus rejimdan foydalanish uchun bir qator talablarni bajarishi lozim. Maxsus soliq rejimiga o‘tmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari o‘z arizalarini Davlat xizmatlari markazi, Elektron soliq xizmatlari portali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etishi mumkin.

Imtiyoz shartlari

Yangi tartibga ko‘ra, chet el fuqarosi 50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘lashi talab etiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda maxsus vakolatli tijorat bankida hisobraqam ochishi yoki litsenziyalangan kripto-birjada kripto-hamyonga ega bo‘lishi shart qilib belgilangan.

Ushbu talablar bajarilgan taqdirda, shaxsning O‘zbekiston tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod etiladi.

Shuningdek, maxsus soliq rejimi chet fuqarosining har bir voyaga yetgan yaqin qarindoshiga ham tatbiq qilinishi mumkin. Buning uchun har bir qarindosh uchun qo‘shimcha ravishda 10 ming dollar yig‘im to‘lanishi talab etiladi.

Ma’lumot uchun, PF-180-sonli farmonda ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida turar joy ko‘chmas mulk obyektiga ega bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etilishi belgilangan.

Теглар

Мавзуга оид