Logo

Chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima bekor qilindi

Бугун 11:121 дақиқа

1-noyabrdan e’tiboran chorrahagacha 50 metr va qayrilib olish joyigacha 20 metr masofada 1.1 hamda 1.3 yo‘l chiziqlarini bosgan haydovchilarga YPX inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzilmaydi.

Chorraha va qayrilib olish joylari yaqinida yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima bekor qilindi

O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab chorrahalar va qayrilib olish joylari yaqinida 1.1 va 1.3 yo‘l yotiq chiziqlarini bosganlik uchun YPX inspektorlari tomonidan jarima bayonnomalari tuzilishi to‘xtatiladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan 596-sonli qaroriga asosan ushbu holat bo‘yicha javobgarlik bekor qilindi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, quyidagi belgilangan masofalar doirasida 1.1 (bir yaxlit) va 1.3 (ikkita yaxlit) yo‘l yotiq chiziqlarini bosib harakatlanish endilikda qoidabuzarlik hisoblanmaydi:

— chorrahagacha bo‘lgan 50 metrlik masofada;
— qayrilib olish joyigacha bo‘lgan 20 metrlik masofada.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan avtomatik fotoradar va kameralar orqali ushbu yo‘l chiziqlarini bosganlik holatini qayd etish bekor qilingan edi. Biroq YPX xodimlari tomonidan bunday holat aniqlanganda ma’muriy jarima qo‘llash amaliyoti hanuz saqlanib qolayotgan edi. 1-noyabrdan esa inspektorlar tomonidan bayonnoma tuzish tartibi ham butunlay to‘xtatildi.

Теглар

Мавзуга оид