Logo

Dam olish kunlari havo harorati +43 darajagacha issiq bo‘ladi

Бугун 14:251 дақиқа

1-2-avgust kunlari O‘zbekistonning katta qismida issiq saqlanib turadi. Keyingi haftada barcha hududlarda haroratning pasayishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari havo harorati +43 darajagacha issiq bo‘ladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 1-2-avgust kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +38...+41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +42...+43 darajagacha isiydi. Bu iyul oyining oxiri va avgust oyining boshi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan +2...+4 darajaga yuqoridir.

1-2-avgust kunlari issiq ob-havo respublika hududining katta qismida saqlanib turadi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda issiq pasayishi boshlanadi.

Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Keyingi haftada haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlarida kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan 31-iyul-2-avgustda kunduzi +37...+40 daraja, kechasi +23...+26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Теглар

Мавзуга оид