Logo

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Бугун 11:451 дақиқа

O‘zgidromet 15-16-avgust kunlari mamlakat hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi? © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududlarida issiq ob-havo saqlanib turadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-15-avgust kunlari kunduzgi havo harorati +37...+40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +41...+43 darajagacha bo‘ladi.

16-avgust kuni issiq biroz kuchsizlashadi, ammo hozircha uncha sezilarli bo‘lmasa-da, lekin harorat +2...+3 darajaga pasayadi. Harorat asosan kechalari +21...+26 daraja bo‘ladi.

Shu kunlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun kunduzi respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 Toshkent shahrida juma kuni va dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asosan kechalari +23...+26 daraja, kunduz kunlari juma va shanba kuni +38...+40 daraja, yakshanba kuni esa +36...+38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-14 metrgacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi? | Vaqt.uz