Dubay–Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yildimi?

4-martdan «Uzbekistan Airways», «CentrumAir» va «Qanot Sharq» aviakompaniyalari samolyotlari Toshkentdan Dubayga parvoz qila boshlashdi. Biroq...

Dubay–Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yildimi?

Toshkent va Dubay o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2026-yil 4-martdan boshlab bosqichma-bosqich qayta tiklandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi. Ma’lumotga ko‘ra, reyslar «Uzbekistan Airways», «CentrumAir» va «Qanot Sharq» aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, bu reyslar Dubayga odam olib bormaydi. Faqat Birlashgan Arab Amirliklarida vaqtincha bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni olib chiqish uchun mo‘ljallangan.

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi

HY333 Toshkent—Dubay — 4-mart kuni soat 08:30 da (jadval asosida)

HY334 Dubay—Toshkent 4-mart kuni soat 12:30 da (jadval asosida)

«CentrumAir» aviakompaniyasi

C6-351 Toshkent—Dubay — 4-mart kuni soat 05:30 da (jadval asosida)

C6-352 Dubay—Toshkent — 4-mart kuni soat 10:25 da (jadval asosida)

«Qanot Sharq» aviakompaniyasi

HH901 Toshkent—Dubay (DWC) — 4-mart kuni soat 05:10 da (jadval asosida);

HH902 Dubay (DWC)—Toshkent — 4-mart kuni soat 10:30 da (jadval asosida);

Rasmiylar fuqarolarga parvoz vaqti va reys holati bo‘yicha ma’lumotlarni oldindan aviakompaniyalar bilan aniqlashtirishni tavsiya qildi. Shuningdek, yo‘lovchilarga tasdiq olinganidan keyingina Dubay xalqaro aeroportiga yetib borish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va parvozlar bo‘yicha yangilangan axborot aviakompaniyalarning rasmiy manbalari orqali muntazam e’lon qilib boriladi.

Теглар

Мавзуга оид