Logo

Dunyoning Top-10 sport yulduzi 1,4 milliard dollardan ortiq daromad topdi

Бугун 15:333 дақиқа

Sport industriyasidagi eng katta pul oqimlari futbol va basketbol atrofida to‘plangani ma’lum bo‘ldi.

Dunyoning Top-10 sport yulduzi 1,4 milliard dollardan ortiq daromad topdi

Elit sportda daromadlar tobora kichik bir guruh global superyulduzlar qo‘lida jamlanmoqda.
2025–2026-yilgi sport mavsumida dunyoning eng ko‘p haq oladigan 10 nafar sportchisi maosh, mukofot pullari, homiylik shartnomalari, ishtirok uchun to‘lovlar, litsenziyalash va biznes faoliyatidan jami 1,4 milliard dollardan ortiq daromad oldi.

Ushbu reyting «Forbes» ma’lumotlari asosida tuzilgan bo‘lib, unda dunyoning eng ko‘p haq oladigan 10 nafar sportchisi, shuningdek, ularning umumiy daromadi va bu daromadning sport faoliyati hamda sportdan tashqari manbalar o‘rtasidagi taqsimoti ko‘rsatilgan.

1


Krishtianu Ronaldu 2025–2026-yillarda 300 million dollar ishladi


Reytingning birinchi pog‘onasidan o‘rin olgan Kristiano Ronaldu 300 million dollar miqdorida daromad oldi va mavsum davomida 200 million dollarlik chegaradan oshgan yagona sportchiga aylandi.
Portugaliyalik hujumchi Saudiya Pro-ligasidagi shartnomasi orqali maydondagi faoliyatidan 235 million dollar, sportdan tashqari manbalardan esa yana 65 million dollar ishlab topdi. Bu ko‘rsatkich uni eng yaqin raqibidan taxminan 130 million dollarga oldinga chiqardi.
Quyidagi jadvalda 2025–2026-yilgi mavsumda eng ko‘p haq olgan 10 nafar sportchining sport turi, fuqaroligi hamda maydondagi va maydon tashqarisidagi daromadlari alohida ko‘rsatilgan.

photo_2026-06-07_15-34-22


 
Boks yulduzi Kanelo Alvarez 170 million dollar daromad bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning daromadining deyarli barchasi – 160 million dollari – ringdagi faoliyati hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Uchinchi o‘rinni Lionel Messi 140 million dollar daromad bilan band etdi. Uning daromadi sport faoliyati va sportdan tashqari manbalar o‘rtasida deyarli teng taqsimlangan. Messi 2023-yilda Saudiya Arabistoni futbol ligasining taxminan 1 milliard dollarlik taklifini rad etib, AQSHning «Inter Mayami»  klubiga o‘tishni tanlagani bilan ham mashhur.

Futbol va basketbol sportchilari top-10 reytingda ustunlik qilmoqda


Reytingda asosiy ulushni ikki sport turi egallagan.
Futboldan uch nafar sportchi – Kristiano Ronaldu, Leonel Messi va Karim Benzema top-10 ga kirgan.
Basketbol ham xuddi shuncha vakil bilan qatnashgan: Le Bron Jeyms, Stefan Karri va Kevin Durant.
Qolgan to‘rt o‘rindan esa boks, beysbol, golf va Formula-1 sport turlarining bittadan vakili joy olgan.
Millati bo‘yicha qaralganda, AQSH uch nafar sportchi bilan yetakchilik qilgan. Ularning barchasi NBA vakillari hisoblanadi. Qolgan sportchilar Portugaliya, Meksika, Argentina, Yaponiya, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya vakillaridir.
Top-10 ro‘yxatidan o‘rin olgan barcha sportchilar erkaklardir.
Sport turiga qarab daromad manbalari ham keskin farq qiladi. Futbol va basketbol yulduzlari odatda katta maoshlar bilan birga global reklama va homiylik shartnomalaridan ham katta mablag‘ oladi. Boks va golf kabi sport turlarida esa daromadning asosiy qismi mukofot pullari va musobaqalardan keladi.
 
Shohey Ohtanining daromadlari deyarli to‘liq sportdan tashqari manbalar hisobiga to‘g‘ri keladi


Top-reytingdagi aksariyat sportchilar daromadining katta qismini musobaqalarda ishtirok etish orqali topgan bo‘lsa, ikki sportchi bu borada alohida ajralib turadi.
Shohey Ohtani127,6 million dollar daromad olgan, ammo shundan atigi 2,6 million dollari, ya’ni taxminan 2 foizi sport faoliyatidan tushgan.
Buning sababi shundaki, uning «Los Angeles Dodgers» bilan tuzgan rekord darajadagi 700 million dollarlik shartnomasining katta qismi keyingi yillarga qoldirilgan bo‘lib, asosiy to‘lovlar 2034-yildan boshlab amalga oshiriladi. Shu bois uning hozirgi daromadlarining asosiy qismi reklama va homiylik shartnomalaridan kelmoqda.
Le Bron Jeyms ham shunga o‘xshash holatga ega. Uning 137,8 million dollarlik daromadining 62 foizi sportdan tashqari kelishuvlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Reytingning boshqa qismida esa aksincha holat kuzatiladi. Karim Benzema daromadining 96 foizini, Kanelo Alvarez 94 foizini va Jon Ram 91 foizini bevosita musobaqalar orqali ishlab topgan.

Lionel Messi esa o‘rta holatni namoyon etgan: uning daromadi maosh va tijorat faoliyati o‘rtasida aniq 50/50 nisbatda taqsimlangan.

Теглар

Мавзуга оид