Logo

Endi davlat xizmatchilari qamoqxonaga ekskursiyaga olib boriladi

Бугун 11:401 дақиқа

Ekskursiya amaliyotidan asosiy maqsad davlat xizmatchilariga korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning og‘ir oqibatlarini ko‘rsatishdan iborat ekanligi aytilmoqda.

Endi davlat xizmatchilari qamoqxonaga ekskursiyaga olib boriladi © Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda davlat xizmatchilari uchun jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalariga profilaktik ekskursiyalar tashkil qilish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi.

Ma’lum qilinishicha, tashabbus 2026 yilga mo‘ljallangan Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha harakatlar rejasi doirasida amalga oshirilmoqda.

1


Ekskursiyalarning asosiy maqsadi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning og‘ir oqibatlarini davlat xizmatchilariga bevosita ko‘rsatish, noqonuniy xatti-harakatlar uchun javobgarlik muqarrarligini anglatish va xizmat vazifalarini halollik hamda qonun ustuvorligi tamoyillari asosida bajarish mas’uliyatini kuchaytirishdan iborat.

2


Dastur doirasida ishtirokchilar tergov xonalari, hibsda saqlash kameralari va muassasalarning boshqa infratuzilma obyektlari bilan tanishtirilgan. Shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan shaxslar bilan uchrashuvlar ham tashkil etilgan.

3


Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, kelgusida bunday ekskursiyalar vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek korrupsiyaviy xavf yuqori deb baholanadigan sohalarda faoliyat yurituvchi xodimlarni ham qamrab oladi.

photo_2026-06-18_11-35-59


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2026 yilning dastlabki uch oyida 461 ta poraxo‘rlik fosh etilgan bo‘lib, ulardan jismoniy va yuridik shaxslarga 199 mlrd 565 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Теглар

Мавзуга оид