Ertaga ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Бугун 12:552 дақиқа

O‘zgidromet 3-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ertaga ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin © Javhar Chorshanbiyeva

Ertaga, 3-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 12-15 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +19...+21 daraja, kunduzi +33...+35 daraja bo‘ladi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +26...+31 daraja bo‘ladi.

 Buxoro va Navoiy viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraaja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Muhim hodisalar: 2-5-iyun kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид