Ertaga respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

25.02.2026 | 13:402 дақиқа

O‘zgidromet 26-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ertaga respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda © Javhar Chorshanbiyeva

26-fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +8...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq, Ustyurtda kechasi -3-8 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq +2 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq, Navoiy viloyati cho‘l hududida kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид