Farg‘onadagi uchta chegara bojxona punkti 24 soatlik rejimga o‘tdi

Бугун 20:301 дақиқа

Farg‘ona viloyatidagi uchta chegara bojxona posti 1-oktabrgacha doimiy 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Avval ushbu postlar soat 06:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritgan.

Farg‘onadagi uchta chegara bojxona punkti 24 soatlik rejimga o‘tdi

Farg‘ona viloyatidagi uchta muhim chegara bojxona posti endi doimiy 1-oktabrgacha 24 soatlik rejimda ishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xususan, Farg‘ona chegara bojxona posti, Shoximardon qishlog‘iga kirish qismida joylashgan Oq-Qiya bojxona punkti va So‘x chegara posti yangi rejimiga o‘tdi. Avval ular soat 06:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritgan.

Yangi tartibning joriy etilishi yozgi sayyohlik mavsumida chegaradan o‘tayotgan fuqarolar va transport harakati uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilgan. Bundan foydalanib, sayyohlar va eksport-import tovarlarini tashuvchi transport vositalari cheklanmagan vaqtda harakatlana oladi.

Mazkur tartib 2026 yilning 1-oktabriga qadar amal qiladi.

Теглар

Мавзуга оид

Farg‘onadagi uchta chegara bojxona punkti 24 soatlik rejimga o‘tdi | Vaqt.uz