Logo

Gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasi bazaviy me’yori 350 kVt/soatga oshirildi

Кеча 22:101 дақиқа

Tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan yoki gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yori 200 kVt/soatdan 350 kVt/soatga oshirildi.

Gazlashmagan hududlar uchun elektr energiyasi bazaviy me’yori 350 kVt/soatga oshirildi

​Tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan yoki gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yori 200 kVt/soatdan 350 kVt/soatga ko‘tarildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 31-oktabrdagi tegishli qarorida belgilangan.

​Qarorga ko‘ra, elektr energiyasi uchun kompensatsiya hisob-kitoblarida ham mazkur hududlardagi xonadonlar uchun 350 kVt/soatlik yangi me’yor qo‘llaniladi.

Tabiiy gaz bilan ta’minlangan hududlarda esa bazaviy me’yor o‘zgarishsiz — 200 kVt/soatligicha qolishi belgilandi. Tabiiy gaz yetib bormaydigan yoki uni yetkazib berish murakkab bo‘lgan hududlarning ro‘yxati har yili mahalliy hokimliklar tomonidan Energetika vazirligi, «Hududgazta’minot» va «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyalarining takliflari asosida tasdiqlanadi.

Mazkur qaror 1-noyabrdan kuchga kirdi.
​
Eslatib o‘tamiz, isitish mavsumi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda oktabrdan fevralgacha, boshqa hududlarda esa noyabrdan fevralgacha davom etadi.

Теглар

Мавзуга оид