Haj-2026: Eng ko‘p ziyoratchi O‘zbekistonning qaysi hududidan ketmoqda?
18-may kuniga qadar mamlakat bo‘ylab jami 70 ta aviareys tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning haj mavsumi doirasida O‘zbekistonning 9 ta shahridan jami o‘n 15 130 nafar ziyoratchi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Mavsumning ilk parvozi 2-may kuni Toshkentdan Madina shahriga amalga oshirildi. Rejaga ko‘ra, 18-may kuniga qadar mamlakat bo‘ylab jami 70 ta aviareys tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Hududlar bo‘ylab parvozlar
Eng ko‘p yo‘lovchi oqimi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Toshkentdan 23 ta reys orqali 5 392 kishi safarga chiqadi. Shuningdek, vodiy viloyatlaridan ham katta miqdordagi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgan:
• Namangandan — 7 ta reys (1890 ziyoratchi);
• Andijondan — 10 ta reys (1725 ziyoratchi);
• Farg‘onadan — 10 ta reys (1710 ziyoratchi);
• Buxorodan — 3 ta reys (1078 ziyoratchi);
• Samarqanddan — 3 ta reys (900 ziyoratchi);
• Termizdan — 5 ta reys (882 ziyoratchi);
• Qarshidan — 5 ta reys (833 ziyoratchi);
• Urganchdan — 4 ta reys (720 ziyoratchi).
Ma’lum qilinishicha, barcha parvozlar Toshkent — Madina yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.
«Ziyoratchilar aeroportlarga uyushgan holda kelib, barcha zaruriy ro‘yxatdan o‘tish va bojxona ko‘rigi jarayonlaridan o‘tadilar, so‘ngra uchish hududiga yo‘l oladilar», – deyiladi xabarda.





