Logo

Hindiston fuqarolari 8 davlat vizasi bilan O‘zbekistonga vizasiz kira oladi

Бугун 19:201 дақиқа

1-sentabrdan Hindiston fuqarolari Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Janubiy Koreya, Shengen davlatlari, Yangi Zelandiya yoki Yaponiyaning ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lsa, O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirishi mumkin.

Hindiston fuqarolari 8 davlat vizasi bilan O‘zbekistonga vizasiz kira oladi

2026-yil 1-sentabrdan Hindiston fuqarolari Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen davlatlari, Yangi Zelandiya yoki Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lsa, O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirishi mumkin. Bu haqda Prezidentning 2026-yil 29-avgustdagi PF-180-son farmoni bilan belgilangan.

Qayd etilishicha, vizasiz rejimdan foydalanish uchun fuqaro o‘z mamlakatiga yoki uchinchi davlatga uchish uchun aviachipta ham taqdim etishi kerak.

Vizasiz rejim fuqaroning xorijiy vizasi amal qiladigan davrda qo‘llanadi. O‘zbekistonga kirgan kundan boshlab mamlakatda 30 kungacha bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun Hindiston fuqarosi yuqorida ko‘rsatilgan davlatlardan birining amaldagi ko‘p martalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lishi shart.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид

Hindiston fuqarolari 8 davlat vizasi bilan O‘zbekistonga vizasiz kira oladi | Vaqt.uz