«Humo» kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxlari ikki barobarga oshadi

Бугун 15:061 дақиқа

1-maydan boshlab «Humo» kartalari bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshiriladi.

«Humo» kartalari bo‘yicha SMS-xabarnoma narxlari ikki barobarga oshadi

2026 yil 1-maydan boshlab «Octotelecom» tomonidan 13131 qisqa raqamidan yuboriladigan SMS-xabarnomalar narxi 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshiriladi. Ushbu xizmat «Humo» kartalari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar va hisob qoldig‘i haqida tezkor axborot yetkazib beradi.

Narxlarning oshirilish sababi

Kompaniya izohiga ko‘ra, narxning oshirilishi texnik infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ortgani, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, xizmat barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek energiya resurslari hamda litsenziya to‘lovlari qimmatlashgani bilan bog‘liq.

Mazkur o‘zgarishlar haqida «Mobiuz», «Ucell» va «Beeline Uzbekistan» mobil operatorlari ham abonentlarni oldindan xabardor qilgan. Foydalanuvchilar ushbu xizmatni bekor qilish uchun 13131 qisqa raqamiga «STOP» so‘zini yuborishi mumkin.

«880 SMS-xabardornomasi» narxi

Shuningdek, Click to‘lov tizimi tomonidan taqdim etiladigan «880 SMS-xabardornomasi» xizmati narxi ham kelgusi oydan 168,4 so‘m etib belgilanadi. Ushbu xizmat orqali USSD orqali amalga oshirilgan to‘lovlar va karta bilan bog‘liq operatsiyalar haqida xabar olish mumkin.

Humo tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, bir martalik xavfsizlik (OTP) kodlari ham 13131 qisqa raqami orqali yuboriladi va ular faqat abonent hisobida ijobiy balans mavjud bo‘lgandagina yetkaziladi.

Ma’lumot uchun, Octotelecom 2024 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning ustav fondi 4,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Теглар

Мавзуга оид