Logo

HUMO'ga yangi rahbar tayinlandi

Бугун 12:451 дақиқа

Belarus milliy to‘lov tizimi — BELKARTning sobiq rahbari Aleksandr Sotnikov HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisi etib tayinlandi.

HUMO'ga yangi rahbar tayinlandi © myfin.by

Belaruslik mutaxassis Aleksandr Sotnikov HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda to‘lov tizimining rasmiy saytidagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldi.

Sotnikov mazkur lavozimda 2025 yil sentabridan buyon ishlab kelgan Ulug‘bek Bahodirov o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Sotnikov 2026 yil 18-mayda HUMO Kuzatuv kengashi qarori bilan kompaniya boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Biroq oradan deyarli bir yarim oy o‘tib, uning kompaniyadagi vakolatlari tugatilgani va Korporativ axborot yagona portalida uning kompaniya affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarilgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Sotnikov mehnat faoliyatining asosiy qismini bank, protsessing va raqamli to‘lov tizimlari sohasida o‘tkazgan.

U faoliyatini «Belinvestbank»da boshlab, bank kartalari infratuzilmasi va protsessing tizimlari bilan shug‘ullangan. Keyinchalik Belarus milliy to‘lov tizimi operatori — «BELKART»ga rahbarlik qilgan.

Shuningdek, u Belarus Milliy bankida To‘lov tizimlari va raqamli texnologiyalar yo‘nalishiga rahbarlik qilgan, 2017–2021 yillarda esa «Belgazprombank» bosh direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2021 yil mayidan boshlab esa besh yil davomida «BELKART» milliy to‘lov tizimi operatorini boshqargan.

Теглар

Мавзуга оид

HUMO'ga yangi rahbar tayinlandi | Vaqt.uz