Logo

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi

Avvalroq, u davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagani uchun hibsdan ozod qilingandi.

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq mulozim O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)ning bir qator qism va bandlari bo‘yicha ayblanmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida Bekmurod Abdullayev bilan birga jami 30 nafar shaxs sudlanmoqda.

186 milliard so‘mlik zarar va hibsdan ozod qilish

Eslatib o‘tamiz, Bekmurod Abdullayev 2025 yilning noyabr oyi boshida prezident qarori bilan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan edi.

2026 yilning 27-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlangani ma’lum qilingan. Holat yuzasidan vazir o‘rinbosari B. Abdullayev va Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i R. Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Keyinroq, joriy yilning 16-aprel kuni davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplagani munosabati bilan 7 nafar sobiq mulozim, xususan, Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov hibsdan ozod qilingani haqida xabar berildi.

Теглар

Мавзуга оид

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi | Vaqt.uz