Logo

JCH-2026. Fransiya turnirni Senegal ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi, Mbappedan dubl

Бугун 02:051 дақиқа

Fransuzlar yetakchisi milliy jamoa rekordchisiga aylandi, mundiallardagi gollarini esa 14 taga yetkazdi.

JCH-2026. Fransiya turnirni Senegal ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi, Mbappedan dubl

Jahon chempionatining asosiy favoritlaridan biri Fransiya turnirni g‘alaba bilan boshladi. Desham jamoasi Mbappening dubli va Barkolyaning goli evaziga Senegal ustidan g‘alaba qozondi.

Mbappe mundiallardagi gollarini 14 taga yetkazib, bu boradagi rekordchi Miroslav Klozega (16) juda ham yaqinlashdi.

Shuningdek, Kilian milliy jamoadagi gollarini 58 taga yetkazib, Oliviye Jiruni (57) ortda qoldirgan holda fransuzlarning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Guruhning ikkinchi o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 03:00da Norvegiya va Iroq o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

JCH-2026. I guruhi. 1-tur
Fransiya — Senegal 3:1

16-iyun. Ist Ruterford
Gollar: Mbappe (66, 90+6), Barkolya (82) — Mbaye (90+5).
Fransiya — Menyan, Kunde Upamekano, Saliba, Ernandes, Chuameni, Rabio, Olise, Dembele (Barkolya, 80), Due (Sherki, 87), Mbappe.
Senegal — Mendi, Diatta, Kulibali, Niakate, Diuf, P.Guye (Ndiaye, 83), I.Guye (Siss, 88), Sarr (Mbaye, 75), Kamara (Diarra, 75), Mane, Jekson (Diyeng, 83).

Мавзуга оид