JCH-2026. Qatar Shveysariyaga 90+4-daqiqada gol urib, durangga erishdi
Osiyo chempioni mundiallardagi ilk ochkosini oldi.

Shimoliy Amerika mintaqasida davom etayotgan 2026 yilgi Jahon chempionati davom etmoqda.
V guruhida 1-turdan o‘rin olgan ikkinchi o‘yinda Qatar Shveysariyaga qarshi maydonga tushib, 90+4-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Shu tariqa o‘z tarixida ikkinchi bor qatarliklar mundiallardagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. Jamoa 2022 yili o‘z uyida o‘tgan turnirda 3 ta o‘yinni ham yutqazgandi.
Eslatib o‘tamiz, guruhning birinchi o‘yinida mezbonlardan biri Kanada Bosniya va Hersegovina (1:1) bilan durang qayd etgandi.
JCH-2026. V guruhi. 1-tur
Qatar — Shveysariya 1:1
13-iyun. Kaliforniya. «Levays»
Gollar: Muheym (90+4, avtogol) — Embolo (17, penalti).
Qatar – Abunada, Oui (Fathi, 60), Migel, Huhi, Al Amin, Abdulsallam (Budiaf, 60), Madibo (Al Mannai, 79), Laye, Edmilson (Al Haydos, 88), Afif, Abdurisag (Alaldin, 60).
Shveysariya – Kobel, Zakariyo, Elvedi, Akanji, Ndoy (Manzambi, 65), Froyler (Yashari, 89), Jaka, Rodriges (Muheym, 89), Vargas (Amduni, 79), Ebisher (Reyder, 65), Embolo.





