Logo

Jizzaxda bloger Sirojiddin Odilov ustidan sud jarayoni boshlandi

Кеча 16:522 дақиқа

Bugun, 20-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida bloger Sirojiddin Odilovga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud mahkamasi boshlandi. Bu haqda jarayonni bevosita kuzatayotgan Vaqt.uz muxbiri xabar berdi.

Jizzaxda bloger Sirojiddin Odilov ustidan sud jarayoni boshlandi

20-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida bloger Sirojiddin Odilovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi boshlandi. Sud majlisiga sudya Sanjar Rasulov raislik qilmoqda. Bu haqda jarayonni joyidan kuzatayotgan Vaqt.uz muxbiri xabar berdi.

Qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirish rad etildi

Sud avvalida «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov sudga iltimosnoma kiritib, sudlanuvchining qaratilgan qilmishlari ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori emasligi, uning qaramog‘ida voyaga yetmagan 4 nafar farzandi borligini ma’lum qildi. Shuningdek, tergov davrida S. Odilovning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yuzaga kelgani, xususan, 40 kilogrammgacha vazn yo‘qotgani, tishlari to‘kilib ketgani va unda qandli diabet kasalligi taxmin qilinayotganini bildirib, unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘radi.

Mazkur iltimosnomani advokatlar va sudlanuvchining o‘zi ham qo‘llab-quvvatladi. Biroq davlat qoralovchisi — prokuror Nodir Jafarov ehtiyot chorasini o‘zgartirishga e’tiroz bildirdi.

Sud hay’ati maslahatxonadan qaytgach, sudya S. Rasulov iltimosnomani rad etish haqida ajrimni o‘qib eshittirdi. Sud raisi mazkur qaror sudning yakuniy pozitsiyasi yoki jazo chorasi emasligini, biroq ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jalb etilganini inobatga olgan holda, amaldagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirilganini tushuntirdi.

telegram-cloud-photo-size-2-5400089964000779617-y



OAV vakillari uchun cheklovlar

Sud majlisi davomida advokatlar jarayonni OAV orqali to‘liq va ochiq shaklda yoritishga ruxsat berishni so‘rab murojaat qilishdi. Jabrlanuvchilar esa tasvirga olish davomida o‘zlarini aks etishini istashmadi. Sudya ushbu iltimosnomani qisman qanoatlantirdi. Unga ko‘ra, jurnalistlarga sud jarayonini faqat audio hamda foto formatda tasvirga olishga ruxsat berildi, videotasvirga olish taqiqlandi.

Shuningdek, sud majlisi boshlanishidan avval Sirojiddin Odilov Vaqt.uz muxbiri bilan qisqa suhbatda uni qo‘llab-quvvatlab turganlarga minnatdorchilik bildirarkan, o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni mutlaqo tuhmat deb hisoblashi va OAVdan uning pozitsiyasini jamoatchilikka yetkazishni iltimos qildi.

Screenshot_1




Ayblov mohiyati

Ma’lumot o‘rnida, bloger Sirojiddin Odilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» bandi (tovlamachilik) hamda 168-moddasi 3-qismi «b» va «v» bandlarida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda. U shu ayblovlar bilan 9-mart kuni qo‘lga olingan.

2026-07-20 17.00.49

sud

Sud jarayoni davom etarkan, unda Sirojiddin Odilov tomonidan yangi qo‘shilgan advokatning ish hujjatlari bilan yaxshiroq tanishib chiqish maqsadida kiritgan iltimosiga ko‘ra, vaqtincha tanaffus e’lon qilindi. Unga ko‘ra, navbatdagi sud majlisi 24-iyul, juma kuni, soat 10:00 ga qoldirildi. Vaqt.uz sud mahkamasini yoritishda davom etadi.

Теглар

Мавзуга оид